12. Korxonaning umumiy xo ‘ jal ik ob’ektlarini loyihalash. Xomashyoni qabul qilib olish va saqlash


Download 0.51 Mb.
bet3/5
Sana16.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1204180
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 у

Tovar mahsulotini jonatish. GQIK va GKK tovar mahsulotlarini iste’molchilarga quvurlar, temir yo‘l, avtomobil va daryo transporti bilan jo’natiladi.
Quvur transporti bilan iste’molchilarga benzin, dizel va qozonxona yoqilg’ilari, shuningdek suyultirilgan gazlar, etilen etkazib beriladi.
Qachonki yiliga 300-500 ming tonna mahsulot tashilsa, iqtisodiy tomonidan quvur foyda keltiradi. GQIK va GKK ni territoriyasini ichida texnologik qurilmalaridan tovar mahsulotlari trubalar orqali sexlarga, omborlarga beriladi. Bu mahsulotlarning miqdori bosh tovar bazasida hisobga olinadi.
Temir-yo‘l transporti - Gaz mahsulotlarini tashishni asosiy turidir. mahsulotlarni asosan tsisternalarda tashiladi. Sisternalar universal va maxsus turlarga bo’linadi. Universal sisternalarda asosan gaz mahsulotlari, gaz, mazut tashilsa, maxsus tsisternalarda esa suyultirilgan gaz, kislotalar va h.k. tashiladi.
Gaz mahsulotlarini jo’natishi uchun tovar bazasi tarkibida maxsus qurilish loyihalanadi. Agar jo’natiladigan mahsulotlar ko‘p bo‘lsa estakada, kam bo‘lsa alohida 5-10 ta stoyak quriladi.
Gaz mahsulotlarini bitta sisternaga, sisternalar guruhiga va sisternalar marshrutiga quyiladi. Marshrutli quyish ancha tejamli bo‘lganligi uchun loyihalashda buni ko‘pincha asosiy tur sifatida olinadi. Temir yo‘l estakadasini uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

N -sisterna soni (marshrutdagi)
Qi -sisternalar soni (turiga qarab), %
Li -har-xil sisternalarni uzunligi.
Estakadani uzunligi marshrutni yarmiga teng bo‘lish kerak. Suyultirilgan gazlarni quyish va tushirish uchun quriladigan estakadalarga qattiq talab quyiladi. Bu estakadalar boshqa estakadalardan alohida bo‘lishi kerak, alohida kollektorlar, quvurlar, quyish - tushirish jihozlari, har bir quyiladigan gazlar uchun gazlarni satxini o‘lchovi sistemalar bilan jihozlanishi kerak.
Avtomobil transporti - GQIK va GKK tovar mahsulotlari avtomobil transporti bilan cheklangan miqdorda tashiladi. Bular uchun alohida quyish stantsiyalari quriladi. Har bir quyiladigan mahsulotni o‘zini o‘rni bo‘ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling