12-laboratoriya ishi. Taqasimon magnit maydonida tokli o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuchni o‘lchash. Tajribaning maqsadlari


Download 262.01 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi262.01 Kb.
#1114778
1   2   3   4
Bog'liq
12 (1)

Tajribani oʻtkazish tartibi:


Eslatmalar: Oʻlchanayotgan kattalikning qiymati juda kichik boʻlganligi sababli oʻlchashlarga tashqi ta’sirlar oson xalaqit berishi mumkin. Atrofdagi temperaturaning oʻzgarishidan, siljishlardan va taqillashlardan saqlaning. Dinanometr tajribalaming boshlanishidan kamida 15 minut qizdirilishi lozim. Dinamometmi ulanga kuch sensori bilan qurilma orqa tarafidagi asosiy kalit yordamida qoʻshing. 20 A tokni oʻtkazgich halqadan va ta’minlash manbaidan faqat qisqa muddat (bir necha minut) otkazish mumkin. Taqasimon magnitning magnit maydoni bir jinsli emas. Barcha tajribalar uchun oʻtkazgich halqani taqasimon magnit qoʻllari oʻrtasida shunday joylashtiringki, magnit maydonining ta’siri imkoni boricha bir jinsli boʻlsin.

12.2-rasm. Magnit maydonida tokli oʻtkazgichga ta’sir etuvchi kuchni oʻlchash qurilmasi.

  • 12.2 - rasmda koʻrsatilgandek qurilmani yigʻing.

  • Qisqa tutashuv boʻlmasligi uchun oʻtkazgich halqa uchun taglik kabelining izolyatsiyalanmagan qismi tegib qolmasligiga ishonch hosil qiling.

  • Dinamometr oʻlchash diapozonining kalitini 2000 ga oʻrnating.

Tajribalar faqatgina tor qismga ega boʻlmagan oʻtkazgich halqalardan foydalanib oʻtkaziladi. Tokni oʻrtishning eng oson yoʻli tokni kontrol qilish knopkasi (b) dan foydalanib bajarilishi mumkin. Kuchlanishni kontrol qilish knopkasi (a) hamma vaqt oʻng tarafga burilgan holda turadi.
  1. Toʻkning funksiyasi sifatidagi oʻlchashlar


  • Dastlab kengligi 8 sm boʻlgan oʻtkazgich halqani kuch sensoriga ulang.

  • Tokni control qilish (b) knopkasini hamma vaqt chap tarafga burilgan holda va kuchlanishni kontrol qilish knopkasi (a) ni hamma vaqt oʻng tarafga burilgan holda oʻrnating. Keyin yuqori tok manbaini qoʻshing.

  • Dinamometming nol nuqtasini kompensatsiyalash uchun SET pozitsiyasida COMPENSATION kalitini (c) tanlang.

  • Tokni control qilish knopkasi (b) yordamida tokni 2 A qadam bilan 20 A gacha oshiring. tokning har bir qiymati uchun dinamometrdan kuchni yozib oling va bu qiymatlami tajriba kitobingizga yozing.

  • Tok kuchini I = 0 A ga oʻrnating va kuchning nol nuqtasini tekshiring.

  1. Download 262.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling