Ishni bajarish tartibi
R0 etalon qarshilikning ma’lum qiymati uchun 4-rasmda ko’rsatilgan sxema bo’yicha elektr zanjirini yig’ing.
Zanjirning to’g’ri yig’ilganligiga ishonch hosil qilish uchun uni o’qituvchiga tekshirtiring.
Etalon qarshilikni o’zgarmas (R0=const) saqlab, iste’molchi qarshilikni o’zgartirish bilan ampermetr va voltmetrning ko’rsatishlarini bir necha marta yozib oling va ulardan foydalanib R0 va R qarshiliklarni hisoblang.
O’zgaruvchan tok manbaining FIK ini (9) formula yordamida hisoblang.
Tajriba 1-mashqning 4 va 7 - bandlaridagi ko’rsatmalarga rioya qilingan holda bajariladi.
Har ikkala hol uchun FIKning qarshilikka bog’liqlik grafigini chizing.
Savollar va topshiriqlar:
Tok manbaining foydali ish koeffitsiyenti nima? U qanday kattaliklarga bog’liq?
O’zgarmas tok manbaining FIK qanday aniqlanadi?
O’zgaruvchan tok manbaining FIK qanday aniqlanadi?
Quvvat koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?
Agar tashqi qarshilik ichki qarshilikdan kichik bo’lsa, FIK qanday bo’ladi? Teng bo’lsa-chi?
Qisqa tutashuv hodisasini tushuntiring.
Yuqori FIK olish uchun tashqi va ichki qarshiliklar orasidagi munosabat qanday bo’lishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |