12-ma’ruza: Avtomatlashtirilgan rdb texnologik jihozlar


Ayrim RDB dastgohlarining KTSga misollar


Download 350.52 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi350.52 Kb.
#228040
1   2   3
Bog'liq
12-ma’ruza Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlar

Ayrim RDB dastgohlarining KTSga misollar.
1.RDB vertikal frezalash dastgohining KTSni tuzish (rasm 53). Sxemani tuzishdan avval dastgohning komponovkasi (tuzilishi) bilan tanishiladi. Stol 1 (X koordinatasi) stanina 2 ning yo’naltirgichlari bo’yicha harakat qiladi. Asbob (freza 6) frezerlash kallak 5da (koordinata Z) aylanadigan shpindel 6 ga mahkamlangan. Frezalash kallaki polzun (sirpang’ich) 6 yo’naltirgichlari bo’yicha vertikal surish harakatini amalga oshiradi. Polzun o’z navbatida staninaga mahkam biriktirilgan ustun 3 ning yo’naltirgichlari (koordinata Y) bo’yicha harakat qiladi.

Rasm 53. Vertikal frezalash dastgohining komponovkasi:

1 - stol; 2 - stanina; 3 - stoyka (ustun); 4 - polzun; 5 - frezalash kallaki;

6 - shpindel

Ishlov berish jarayonida freza va ishlanayotgan detal “detal - stol 1 - stanina 2 - ustun 3 - polzun 4 - frezalash kallaki 5 - shpindel 6 - asbob (freza)” zanjiri bo’yicha yopiq tizimni tashkil etishadi. Harakatlanuvchi bloklarni ularning koordinata belgilari, qo’zgalmas bloklarni esa Np belgisi bilan almashtirib ushbu yopiq tizimni boshqacha qilib yozish ham mumkin, ya’ni “detal – X - Np – Y – Z – Cv - freza”.

Yopiq tizimning bunday yozuvi KTS elementlarining minimal sonini aniqlashga imkon beradi, ushbu misolda dastgohning KTSi yettita elementdan tashkil topadi.



Vertikal frezalash dastgohlarning KTSini tepadagi ko’rinishda qurish qulay bo’ladi. Sxema tuzilishi detal hamda frezani ajralmagan kontakt holatida tasvirlanishidan boshlanadi. Shakllangan tizim keyin ko’zg’almas va harakatlanuvchi bloklarning shartli belgilari bilan yopiladi (rasm 54).



Rasm 54. Vertikal frezalash dastgohining KTSi:

1 - detal; 2 - shpindel kallaki; 3 – freza



Dastur bo’yicha avtomatik boshqarish X, Y, Z o’qlari bo’yicha amalga oshirilayotgani KTSdan ko’rinib turibdi.Avtomatlashtirilmagan rostlanish surilishlar (kichik x, y, z, w harflari bilan belgilangan) mavjudligini kuzatish ham mumkin. Shpindel vertikal joylanishi haqida Sv belgisi ko’rsatib turibdi. Nuqtasi markazda joylashgan kichik doiralar rasm tekisligiga perpendikulyar bo’lgan (biz tomon) harakat yo’nalishini bildiradi.
2.Tokarlik patron va markazli dastgohining KTSi (rasm 55).Sxema tepadan ko’rinish asosida Np.6, PB.2,PB.5 shartli belgilar yordamida tuzilgan. Murakkab shaklli, aylanish jism turidagi detal patron 2 da qisilib, ketingi babka 4 markazi bilan patronga tiralishi mumkin.

Rasm 55. Tokarlik patron markazli dastgohning KTSi: 1 - detal; 2 - patron; 3, 6 - keskich tutqichi; 4 - ketingi babka markazi;

5 - burilish doirasi

Bo’ylama support Z staninaning gorizontal yo’naltirgichlarida harakatlanadi, bo’ylama support yo’naltirgichlari bo’yicha ko’ndalang salazkalar X harakat qiladi. Salazkalar orqasida kesib tashlash keskichlar uchun xizmat qiladigan keskichlar tutqichi 3 joylashgan, oldida esa yuqori support uchun yo’naltirgichlarga ega burilish doirasi 5 ko’rsatilgan. Gorizontal shpindelga o’rnatilgan detalning aylanishi (bosh harakat) Ch belgisi bilan belgilangan.

Kichik harflar bilan quyidagilar ko’rsatib o’tilgan: e - yuqori support burilishi; w - yuqori support yurishi; r -ketingi babkaning rostlanish harakati.

Ko’rib chiqilgan KTS tokarlik dastgohlarning keng ko’lamini o’ziga oladi.


3.Konsolli vertikal frezalash dastgohining KTSi (rasm 56). Bu sxema tepadan ko’rinish asosida Np.3, FB.4, PB.3 shartli belgilardan foydalangan holda qurilgan. Ishlov berilayotgan detal 1 stol Xga o’rnatilgan. Freza 2 shpindel bilan Cvaylanish harakatini amalga oshirmoqda.Stol X , salazkalar Y va frezalash shpindelining pinoli programmalashtirilgan avtomatik X, Y, Z harakatlar, hamda avtomatlashmagan rostlanuvchi x, y, z harakatlariga ega. Konsol 3 faqat avtomatlashmagan vertikalryo’nalishda harakatlanadi.Ko’rib chiqilgan sxema katta guruxdagi vertikal frezalash dastgohlariga mansub (masalan, 6N13F3, 6R13F3 va boshqalar).


Rasm 56. Konsolli vertikal frezalash dastgohining KTSi:.1 - detal; 2 - freza; 3- konsol


Download 350.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling