Pedagogik texnika haqida


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana23.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1685654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA



PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA 
TUSHUNCHA
 
Reja: 
 
1. Pedagogik texnika haqida tushuncha. 
2. Pedagogik maqsadga muvofiqlik va o’qituvchi tashqi qiyofasi. 
3. O’qituvchining o’z-o’zini boshqarishi, mimika va pantomimika. 


Tayanch 
tushunchalar: 
o’z hulq–atvorini boshqarish, mimika, 
pantomimika, diqqat, kuzatuvchanlik, tasavvur, nutq texnikasi, nutq nafasi, ovozni 
sozlash va boshqarish, diktsiya (talaffuz), nutq sur’ati, didaktik, tashkilotchilik
konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar. 
1. Pedagogik texnika haqida tushuncha 
Mahoratli usta–pedagog muvaffaqiyati sirlariga chuqur kirib borgan sari 
uning faoliyatidagi pedagogik ta’sir usullarining aniqligi, turli amaliy topshiriqlarni 
san’atkorona qo’ya olishi va hal eta olishining guvohi bo’lamiz. Bu erda mahsus 
ko’nikmalar: o’quvchilarni izchil o’quv–biluv faoliyatiga jalb eta olish, savol 
qo’ya olish, jamoa va alohida shahs bilan muloqotga kirisha olish, kuzatuvchanlik, 
jamoani tashkil eta olish, o’z kayfiyati, ovozi, mimikasi va hatti–harakatlarini 
boshqara olish kabilar muhim o’rin egallaydi. 
Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmuni va zohiriy 
ifodasidagi mos uyg’unlikni ta’minlashga hizmat qiladi. O’qituvchining mahorati 
ma’naviy madaniyat va pedagogik maqsadga muvofiq tashqi ifodaviylikda 
namoyon bo’ladi. 
SHunday qilib, texnika – bu usullar, mahsus ko’nikmalar majmuidir. Uning 
vositasi – nutq va muomalaning noverbal vositalari. 
Pedagogik texnika komponentlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: 1 – 
guruh komponentlariga o’qituvchining hulq – atvorini boshqarishiga oid 
ko’nikmalar kiradi. Bular – o’z tanasini boshqarish (mimika, pantomimika); 
hissiyotlari va kayafiyatini boshqarishi; ijtimoiy–pertseptiv qobiliyatlar (diqqat, 
kuzatuvchanlik, tasavvur); nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, talaffuz, nutq 
sur’ati). 
2 – guruh komponentlar jamoaga va shahsga ta’sir ko’rsata olish 
ko’nikmalari hamda ta’lim jarayonining tehnologik tomonlari bilan bog’liq. Bular 
– didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar, talab qo’yish, 
pedagogik muloqotni boshqarish, jamoa ijodiy ishlarini tashkil etishning 
tehnologik usullari. 


Dars va tarbiya jarayoni tehnologiyasi keyingi mavzularda atroflicha 
yoritilishini inobatga olib, bu mavzuda faqat o’qituvchi hulq–atvorini tashkil 
etishga oid masalalar hususida to’htalamiz. 
YOsh o’qituvchilarning faoliyatida uchraydigan odatiy kamchiliklar. 
O’qituvchi faoliyatiga oid olib borilgan tadqiqotlar endigina ish boshlagan 
o’qituvchilar faoliyatida uchraydigan bir nechta odatiy kamchilik – nuqsonlar 
mavjudligini ko’rsatdi. Bu o’qituvchilarning ko’p yo’qotishlari o’quvchilar, 
ularning ota–onalari bilan dildan erkin suhbat qura olmaslik, qahr–g’azabni saqlab 
turish yoki aksincha, uni namoyon etish, ishonchsizlik oqibatida sodir bo’ladi. 
O’zlarining birinchi darslari haqida yozgan ishlarida talabalar o’z nutqlaridan 
havotirlanganliklari, haddan ziyod qattiqqo’llik qilganliklari, ochilib gaplashishga 
qo’rqanliklari, doskaning u yog’idan bu yog’iga borib kelganliklari, qo’l 
harakatlaridagi ortiqcha hatti–harakatlarga yo’l qo’ymasliklari yoki harakatsiz 
qotib qolganliklari, qo’llarini qayoqqa qo’yishni bilmaganliklari haqida yozishgan. 
Ko’pgina talabalarda gavda holatida elkalarning qisilib turishi, qo’l harakatlarining 
noo’hshovligi, qo’lda turli keraksiz narsalarni o’ynab turish kabi holatlar 
kuzatiladi. Ovoz texnikasidagi asosiy kamchiliklar bir hil ohangda gapirish, 
nutqining jonsiz, quruqligi, ifodali, obrazli qilib o’qish ko’nikmalarining yo’qligi 
ko’rinadi. Nutqdagi ko’pgina individual kamchiliklar – talaffuzning noaniqlik, 
ovozning optimal balandligini topa olmaslik bilan bog’liq. 
Bu kamchiliklarning barchasi o’qituvchi faoliyati samaradorligiga ta’sir 
ko’rsatadi. Talabalarning oliy o’quv yurtidagi ta’limi jarayonidayoq ularni 
yo’qotishga kirishish o’qituvchini o’quv–tarbiya jarayoniga rahbarlik qilishga 
tayyorlashning muhim omillaridan biridir. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling