Pedagogik texnika haqida


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana23.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1685654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

 
 
Nutq tovushlari nafas chiqarilayotganda hosil qilinadi. SHuning uchun ham 
uni to’g’ri qurish nutq nafasini va ovozini tashkil qilish uchun muhim ahamiyatga 
ega. Diafragma, qorin va qovurg’alararo muskullarni rivojlantirish va 
mustahkamlash uchun qator mashqlar mavjud. Masalan: CHalqancha yotib, burun 
orqali chuqur nafas olinadi. Bunda siz o’pkaning havo bilan to’planganligini, qorin 
muskullari va pastki qovurg’alar harakatga kelganligini sezasiz. Huddi shu 
mashqni tik turgan holda ham bajarib ko’rish kerak. Bunda havo o’pkaning pastki 
qismida qolishiga, ko’krak qafasining yuqori qismiga ko’tarilmasligiga e’tibor 
berish kerak. Havoni har doim pastga qarab yo’naltirish lozim. 
O’z ustida mustaqil ishlash orqali o’qituvchi nutq nafasi tizimini 
takomillashtirish mumkin. 
3. Ovoz texnikasi. 


O’qituvchilar orasida shundaylari ham borki, ularning ovozlari tabiatan 
to’g’ri qurilgan. Lekin bunday holatlar kam uchraydi. 
Ha , yahshi ovoz ham, agar mahsus mashqlar qo’llab turilmasa, yillar 
davomida buzilishi, eskirishi mumkin. Umuman, aytish mumikinki, har bir kishida 
kuchli, egiluvchan, jarangdor bo’lishi mumkin bo’lgan o’ziga hos ovoz mavjud. 
Ovoz nafas olish jarayonida havoning kekirdak orqali o’tib, tovush 
paychalarining cho’zilishi va qisqarishi natijasida hosil bo’ladi. O’qituvchi 
ovozining o’ziga hos tomonlari nimada? Avvalo ovoz kuchi. U nutq apparatidagi 
barcha organlarning faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan havoning nutq 
organlariga nisbatan bosimi qancha kuchli bo’lsa, ovoz kuchi ham shuncha yuqori 
bo’ladi. 
Ovoz parvozi. Ovoz eshitilishining muhim sharti sanaladi. Bu ibora orqali 
mutahassislar ovozni masafoga uzata olish va uni boshqarib turish ko’nikmalarini 
aniqlaydilar. 
Ovozning egiluvchanligi va harakatchanligi ham muhim sifatlardan 
biridir. Bu o’rinda nutq mazmuniga ko’ra ovozni osongina o’zgartira olish 
ko’nikmalari tushuniladi. Balandlik – ovozning ton darajasidir. Inson ovoz 
balandligi jihatdan bemalol ikki aktavagacha o’zgarishi mumkin, biroq odatiy nutq 
jarayonida biz faqat uch besh notalar bilangina cheklanamiz holos. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling