Pedagogik texnika haqida


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana23.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1685654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA

Pantomimika. Pantomimika bu – tana, qo’l va oyoqlarning harakati. U 
asosiy fikrni ajratib ko’rsatadi, obrazlarni chizadi. 
Darsni 
berilib 
tushuntirayotgan 
o’qituvchining 
hatti–harakatlarini 
kuzatsangiz, bosh, bo’yin, qo’l, butun tana korpusi harakatidagi organik 
uyg’unlikni ko’rasiz! 
O’qituvchining go’zal va ifodali gavda holati shahsning ichki fazilati 
hisoblanadi. Qomatning barvastaligi, diqqat e’tiborning jamlanganligi pedagogning 
o’z kuchi va bilimiga ishonganligidan dalolat beradi. SHu bilan birga qomatning 
bukchayganligi, boshning osilib turishi, qo’llarining shalpaygaligi kishining ichki 
zaifligidan, o’ziga ishomasligidan dalolat beradi. 
O’qituvchi o’zida o’quvchilar oldida to’g’ri tura olish ko’nikmasini 
shakllantirishi kerak (oyoqlar 12 – 15 sm kenglikda, bir oyoq ikkinchisiga nisbatan 
biroz odinda). Barcha hatti–harakatlar va gavda holati o’zining aniqligi va 
oddiyligi bilan o’quvchilar diqqatini tortishi kerak. Gavda holati estetikasi yomon 
odatlarni rad etadi. Masalan, oldinga–orqaga tebranib turish, o’zini bir oyoqdan 
ikkinchisiga tashlab turish, mudom kursining suyanchig’ini tutib turish, qo’lda har 
hil yot narsalarni aylantirib turish, boshni qashib turish, burunni artib turish, 
qulog’ini ushlab turishi va sh .k. 
Pedagogning qo’l harakatlari organik va chegaralangan bo’lishi kerak, 
ulardagi keskin keng va o’tkir burchakli harakatlar maqsadga muvofiq emas. Qo’l 
harakatlarining chizuvchi va psihologik turlari farqlandi. CHizuvchi harakatlar 
fikrini chizadi va illyustratsiyalaydi. Ular unchalik zarur bo’lmasada tez–tez 
uchrab turadi. His–tuyg’uni ifodalaydigan qo’l harakatlari (psihologik) muhimroq 
bo’lib hisoblanadi. Masalan, “marhamat” demoqchi bo’lsangiz, qo’l kaftini 
yuqoriga qaratib, ko’krak balandligida ko’tarasiz va o’zingizdan bir narsa 
uzayotganday sal oldinga yo’nlatirasiz. 


SHuni inobatga olish kerakki, qo’l harakatlari ham, huddi korpusning 
boshqa harakatlari singari, aytilayotgan fikrning kechish jarayonini ko’rsatadi, 
uning orqasidan kelmaydi. 
Qaddi–qomatning to’g’ri bo’lishiga sport bilan shug’ullanish, mahsus 
mashqlar yordam beradi. Masalan, zanjirga turgandek turish, devorga orqasini tutib 
turish. SHuningdek, o’z–o’zini tekshirib turish, o’ziga chetdan turib, bolalar ko’zi 
bilan qarash ham juda muhim ahamiyatga ega. 
Muloqot faol bo’lishi uchun ochiq pozada turish muhimdir: qo’llarni 
qovushtirib turmaslik, sinfga yuzma–yuz turish, bolalar bilan o’zi orasidagi 
masofani qisqartirish natijasida o’zaro ishonch hissi paydo bo’ladi. Bir qadam 
oldinga yurish ahborotning muhimligini anglatadi va diqqatni to’plashga yordam 
beradi. Bir qadam orqaga yurish bilan so’zlovchi tinglovchilarga dam berganday 
bo’ladi. 
Mimika. Mimika – bu o’z fikri, hissiyotlari, kayfiyati, holatini yuz 
muskullarini orqali ifodalash. Ko’pincha yuz va nigohlar o’quvchilarga so’zdan 
ko’ra kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Qo’l harakatlari va mimika yotkazilayotgan 
ahborotning ta’sirchanligini oshirib uning yahshi o’zlashtirilishiga yordam beradi. 
Bolalar o’qituvchining yuzini ”o’qiydilar” ya’ni uning munosabati va 
kayfiyatini darhol bilib oladilar. SHuning uchun yuz faqat ifodalabgina qolmay
balki masqsadga zid bo’lgan kayfiyatni yashirishi ham kerak. Sinfga uydagi g’am 
tashvishlar niqobini olib kirmaslik kerak. YUz va qo’l harakatlari orqali faqat ishga 
taalluqli bo’lgan, o’quv–tarbiya vazifasini bajarishga qaratilgan narsalarni 
ifodalash talab etiladi. 
Albatta, yuz ifodasi nutq mazmuni va munosabat harakteriga mos bo’lishi 
kerak. U, huddi butun tashqi ko’rinish singari o’ziga ishonch, ma’qullash, tanqid 
qilish, qoniqmaslik, quvonch, qoyil qolish, befarqlik, qiziquvchanlik, hayratlanish 
kabi holatlarning o’nlab ko’rinishlarini ifodalashi lozim. YUzdagi tabassum 
kishining ma’naviy sog’lomligi va ahloqiy kuchini anglatadi. Mimikaning muhim 
ifodaviy detallari ko’z va qoshdir. Ko’tarilgan qoshlar hayratni, chimirilgan 


qoshlar – fikrning to’planganligini, harakatsiz qoshlar – hotirjamlik, befarqlikni, 
qimirlab, titrab-turgani qattiq ta’sirlanganlikni anglatadi.
Ko’zlar ham kishi yuzidagi eng ifodali a’zo bo’lib hisoblanadi. “Quruq 
nigoh – bo’sh qalbning ifodasidir” (K.S.Stanislavskiy). O’qituvchi o’z yuzining 
imkoniyatlarini, ma’noli qarash ifodasini chuqur o’zlashtirish, yuz muskullarini va 
a’zolarini keragidan ortiq harakatlantirish yoki o’lik, harakatsiz yuz ifodasidan 
qochish kerak. O’z hatti–harakatlari va o’quvchilarning hulq–atvorini anglash 
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun ruhshunoslar tadqiqotlarida berilgan etalonlar 
bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Masalan shodlik holatidagi hulq atvor etaloni: 
tabassum, ko’zlar charaqlaydi, qo’l harakatlari tezlashadi, ko’p gapiradi, birovga 
yordam berish istagi paydo bo’ladi. Qo’rquv holatidagi hulq–atvor etaloni: ko’zlar 
chaqchaygan, gavda biroz egilib, qotib qolgan, qoshlar ko’tarilgan, ovoz qaltiraydi, 
yuz osilgan,qorachiqlar o’ynab turibdi, harakatlar keskin, tana qaltiraydi. 
O’qituvchi nigohi bolalarga qaratilgan bo’lib, vizual aloqa imkoniyatini 
hosil qilish kerak. Devorga, derazaga, shiftga qarab gapirishdan saqlanish lozim. 
Vizual aloqa ongli rivojlantirishga muhtoj bo’lgan texnika bo’lib hisoblanadi. 
Nigohlar bilan barcha o’quvchilarni qamrab olishga intilishi kerak. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling