Pedagogik texnika haqida
Nutq texnikasi haqida tushuncha
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA
1. Nutq texnikasi haqida tushuncha
O’qituvchi nutqini idrok etish va tushinish tinglash jarayoni bilan bog’liq bo’lib, bu jarayon, olimlarining hisob kitobiga ko’ra, o’quv vaqtining 1 /4 yoki 1/ 2 qismga teng bo’lar ekan. SHuning uchun ham, ma’lumki, o’quvchilar tomonidan o’quv materialining to’g’ri idrok etilishi o’quvchi nutqining mukammalligiga bog’liq. Bolalar o’qituvchining, ayniqsa, nutqiy ko’nikmalariga nisbatan sezgir bo’ladi. Qaysidir tovushlarni noto’g’ri talafuz etish bolalar orasida kulgiga sabab bo’lish, bir hil ohangdagi nutq zerikishga olib kelishi, noo’hshov ohang, baland nutq dildan suhbat qurganda sohtadek qabul qilinishi, o’qituvchiga nisbatan ishonchsizlik hissini uyg’otishi mumkin. Ba’zilar, ovoz ham, uning tembri ham kishi uchun faqat tabiat in’omi bo’ladi, deb hisoblashadi. Ammo zamonaviy eksperemental fiziologiyaning ta’kidlashicha, tovushning sifatini tubdan yahshilash mumkin. Ushbu yo’nalishda inson o’z–o’zini takomillashtirishning misli ko’rinmagan natijalariga erishganligi haqida tarih ham guvohlik beradi. Demosfen haqida, ehtimol, hamma eshitgan bo’lsa kerak. U o’zidagi jismoniy nuqsonlarni bartaraf etib, Qadimgi Gretsiyaning buyuk siyosiy arbobiga aylangan. SHu tariqa 20 yoshli Mayakovskiy ham odamlar odida turib nutq so’zlashga o’zini tayyorlagan. U og’ziga kichik qayroqchalarni solib sershovqin Rioni daryosi bo’yida nutq so’zlab, mashq qilgan. Bugungi kunda nutq texnikasini egallash bo’yicha qator mashqlar tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, ular teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan va ular nutq nafasi, ovoz va talaffuzga oid ko’nikmalar majmuidan iborat. Ular o’qituvchiga o’z nutqi mazmunining butun boyligini etkazish imkonini beradi. Ho’sh, nutq texnikasi o’zi nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Bu savollarga javob berish uchun avvalo “nutq texnikasi” iborasini tashkil etuvchi so’zlarning mohiyatiga e’tiborni qaratamiz. Nutq nima? O’zbek tilining izohli lug’atida nutq so’ziga shunday ta’rif beriladi: ”Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; so’zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasi”. 1 Texnika so’ziga esa oldingi ma’ruzalarda to’htalgan edik. Texnika (yun. techne – san’at, mahorat) – bu biror ish-faoliyat yoki harakat turida orttirilgan mahorat darajasi, malaka-ko’nikmalar yig’indisi. 2 Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling