KPG – 250 turidagi ovqat pishirish qozonining
avtomatik qurilmalari
KPG – 250 turidagi ovqat pishirish qozonining xavfsizlik va rostlashining avtomatikasi 6.5, 6.6-rasmda keltirilgan.
12.5– rasm. KPG – 250 turidagi ovqat pishirish qozoni.
Bunda zapalnik 9 yonganda, qizigan termojuftlik 8 hisobidan issiqlik elektrik yurituvchi kuchi (i.e.yu.k.) rivojlanadi, o’rtacha yondirgichiga, zapalnik 9 ga va solenoidli klapanlariga gaz uzatishiga elektrmagnitli klapan 7 ochiladi. Solenoidli klapanning chulg’amiga transformator 4 va oraliqli rele 5 lar orqali elektr toki uzatilganda, klapan ochiladi. Zapalnik 9 o’chganda termojuft soviydi, i.e.yu.k. bunda yuqoladi va elektrmagnitli klapan yopilib gaz uzatilishi to’xtatiladi.
12.6 – rasm. KPG – 250 turidagi qozonning avtomatik qurilmasini sxemasi.
Elektr kontaktli manometrning yuqori va pastki millari, suv – bug’ g’ilofidagi ortiqcha bosimining maksimal va minimal miqdorlariga o’rnatiladi. Bosim oshganda manometrning nazorat mili yuqori nazorat mili bilan ulanadi. Natijada oraliqli rele 5 ishga tushib, solenoidli g’altakning elektr zanjiriga uziladi va o’z og’irligi ta’sirida solenoidli klapan yopilib, asosiy yondirgichlar 1 ga gaz uzatilishi to’xtatiladi..
Yonishni davom ettaradigan yordamchi yondirgich qozonni kichik issiqlik rejimini saqlab turadi. Agarda bunda suv – bug’ g’ilofdagi bosim minimal qiymatigacha pasaysa, bunda manometrning ko’rsatuvchi mili pastki nazorat miliga ulanadi, oraliqli rele elektr zanjirga ulanadi va solenoidli klapan ochilib, asosiy yondirgichlarga gaz uzata boshlaydi.
Yuqorida keltirilgan avtomatikadan tashqari qozon himoyalovchi va suv bug’ining havo chiqarish klapanlari, pishirish qozoni qopqog’idagi havo olish klapani, qozonni sovuq va issiq bilan yuvish va to’ldirish uchun jo’mraklari, ko’chirma zapalnik 10 lar bilan jihozlangan bo’ladi.
Gaz bilan isitish. Isitish pechlari va gaz bilan isitiluvchi uskunalar
Gaz bilan isitiluvchi qurilmalarga qo‘yidagilar kiradi:
1. Gaz bilan isitish pechlari.
2. Gaz bilan isitiluvchi mahaliy uskunalar.
3. Binavsha nurlanishli isitish gaz uskunalari
4. Xonani isituvchi gazli uskunalari.
5. Gaz havoli kaloriferlar
6. Kontaktli havo isitgichlar va h.k.z. uskunalar kiradi.
Binolarni isitish uchun, avtomatlashtirilgan isituvchi pechlar bo‘lib ular yuqori tejamkorligi va issiqlik ko‘rsatgichi bilan xarakterlanadi. Bu pechlarning f.i.q. 85-90% Bu pechlarga GK-17-07 ko‘rinishdagi ejeksiyali atmosferali gorelkalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |