12-Мa’ruza: Gaz ta`minoti sistemalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Reja


Gaz uskunalari, gaz plitasi va suv isitguvchi uskunalariga


Download 60.02 Kb.
bet4/10
Sana31.01.2024
Hajmi60.02 Kb.
#1828552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-Maruza (1)

12.3. Gaz uskunalari, gaz plitasi va suv isitguvchi uskunalariga
qoyilgan talablar va ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi
Gaz uskunalari: Oshxona, kafe, bolalar bog’chasi shifoxona va boshqa kommunal –maishiy korxonalarida keng ravishda uzluksiz suv qaynatgichlar, restoran plitalar, ovqat pishirish qozonlar avtoklavlar va boshqa gaz jihozlari va uskunalari qo’llaniladi. Uzluksiz suv qaynatgichlar KND – 8M (6.2 - rasm.) qaynagan suvni uzluksiz tayyorlash uchun mo’ljalangan. Uning tarkibi yondirgichli 1 o’txona kamerasi 8, qizdirish kamerasi 9, qaynatgich idishi 7, qaynagan suv yig’gichi 5 va ta’minot baklardan iborat bo’ladi.

12.2– rasm. KND – 8M qaynatgichning sxemasi.
Vodoprovod tarmog’ining bosimi ostida sovuq suv ta’minot bakidan 3 o’tib qizdirish kamerasiga uzatiladi. Bunda suv 60 – 70ºC gacha qizdirilib, ikkita sirkulyatsion quvurlar bo’yicha qaynatgichga 7 o’tadi va 100ºC qacha qizib qaynay boshlaydi va uzatuvchi quvur 4 orqali sachralib, qaynagan suv yig’gich 5 da yig’iladi. Ta’minot bakidagi suvning sathini poplavokli klapan saqlaydi. Qaynagan suv yig’gichi 5 da suvning miqdori oshganda, ta’minot suvi bakining bush bo’limiga chiqarilib, ogohlantiruvchi quvurcha orqali tashqariga chiqariladi.
Yonish maxsulotlari quvur 6 orqali tutun yo’liga uzatiladi. KND – 8M ning texnikaviy tavsiflari quyidagicha:
Yondirgichning issiqlik quvvati, kkal/soat………….20 400
FIK, %...........................................................................75
Qaynaydigan suv bo’yicha, unumdorligi, l/soat……150-215
Suvning qaynash vaqti, min………………………….15-20
Restoranli gaz plitasi PGR – 1M
PGR – 1M gaz plitasi ovqatni pishirish, qovuirish, isitish va unli maxsulotlarni tayyorlash uchun mo’ljallangan(6.3-rasm). Plitada ikkita yuqori ochiq konforkali yondirgich va o’n sakkizta yoruqli yondirgichlar, oltita cho’yanli stol tortmalar ustida joylashib, yaxlit qizgirish yuzasini tashkil etadi.
Issiqlik berishini yaxshilash uchun plitaning yuqori qismining qizdirish yuzasi ostida issiqlikka chidamli, yonish maxsulotlarni chiqaruvchi kanaliga g’isht qatlami terilgan. Qizdirish shkaflarni issiqlik qoplamasi asbest varaqlar bilan qoplanadi. Plitaga gaz 50 mm li quvur orqali uzatiladi.


Download 60.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling