12-ma’ruza. Kiritish-chiqarishni boshqaruv tizimi. Reja
Uzilishlarni qayta ishlash
Download 0.54 Mb.
|
12-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilmalar drayveri
- Operatsion tizimning mustaqil pog`onasi
Uzilishlarni qayta ishlash
Uzilishlar maksimal holatda operatsion tizimning ichiga yashirilgan bo`lishi kerak. Iloji boricha operatsion tizimning eng kam qismi ushbu uzilishlari bilan aloqa tuzishi kerak. Eng oson yo`l bu kiritish – chiqarish amalini so`ragan protsessga amalni o`zi tamom bo`lguncha va uzilish paydo bo`lguncha o`zini bloklashga ruxsat berish. Uzilishning effekti aslida blokga qo`yilgan protsess o`zini harakatini davom qilishida. Qurilmalar drayveri Hamma qurilmaga aloqasi bor kod qurilmaning drayveriga joylashtiriladi. Har bir drayver bir turdagi qurilmani boshqarishi mumkin yoki bir sinfga ajratilgan bo`lishi mumkin. Operatsion tizimda har bir qurilmaning afzalliklari haqida faqat ushbu drayveri biladi. Qurilmaning drayveri dasturiy pog`onadan so`roqni qabul qilishdan keyin ushbu so`roqni qaysi yo`l bilan yechish xulosasiga keladi. Eng odatiy so`roq bu bir necha ma`lumot blokni o`qish so`rog`i. Agarda ushbu qurilma so`roq kelgan vaqtda bo`sh bo`lsa u ushbu so`roqni vaqt o`tkazmasdan bajaradi. Agarda boshqa so`roq bilan band bo`lsa yangi so`roq so`roqlar navbatiga qo`yiladi va navbati kelgandan keyin bajariladi. Kiritish – chiqarish so`rog’ini amalga oshirishda 1 – qadam disk uchun masala: bu so`roqning abstrakt shaklida konkret shaklga o`zgartirishi hisoblanadi. Buyruqni kontrollerga o`tkazgandan keyin drayver o`zini amali tamom bo`lgunga qadar blok aniqlashi kerak. Agarda bitib turgan amal ko`p vaqt egallaydigan bo`lsa drayver o`zini bloklaydi. Agarda kiritish – chiqarish buyrug`i tez bajarilib tursa ushbu amalni blokda tushmasdan kutadi. Operatsion tizimning mustaqil pog`onasi Dasturiy ta’minotning qismlari qurilmalardan mustaqil drayver va qurilmalardan mustaqil dasturlar orasida chegarasini tizim tomonidan aniqlashi, shunga sabab ba’zi funksiyalar mustaqil yo`l bilan bajariladi. Qurilmalardan mustaqil pog`ona tipik funksiyalari: Qurilmalar drayverlarga umumiy interfeysni tashkillashtirish Qurilmalarni nomlanishi Qurilmalarni himoyalash Mustaqil blokning hajmini ta’minlash Buferizatsiya Blok yo`naltirilgan qurilmalarda xotirani taqsimlash Xatolar haqida xabar berish Dasturiy ta’minotning yuqori pogo`nalari uchun har xil hajmli bo`lgan ma’lumot bloklari bilan ishlashi noqulay. Shu sababdan ushbu pog`ona bir xil blokning razmerini ta’minlab beradi. Faylni yaratganda yoki faylga yangi ma’lumotni kiritganda o`sha faylga qo`shimcha yangi blokni ajratishimiz shart. Shu sababdan operatsion tizim diskning bo`sh bloklar bir xotirasini yozishi kerak. Ushbu ma`lumotlar asosida bo`sh blokning qidiruv algoritmini yaratishimiz mumkin. Dasturiy ta’minotning foydalanuvchi pog`onasi Eng katta kiritish – chiqarish operatsion tizimning dasturiy ta’minoti operatsion tizimning ichida joylashgani bilan, ba’zilari foydalanuvchi dasturlar tomonidan yaratilgan bo`ladi. Tizimli so`roqlar odatda kutubxona amallari bilan yaratiladi. Agarda dastur C tilida yaratilgan bo`lsa kiritish – chiqarish uchun cin,cout ishlatiladi. Kiritish – chiqarish dasturiy ta’minotning yana bir turi Spooling tizimi. Bu multidasturli tizimda tanlangan qurilmalar bilan ishlash yo`li . Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling