12 ma’ruza Mavzu : Avtomatlashtirish sistemalarini loyxalash


Download 1.22 Mb.
bet4/4
Sana06.06.2020
Hajmi1.22 Mb.
#115686
1   2   3   4
Bog'liq
12-Ma’ruza

muhitlarning belgilari uchrasa,boshqa rakamlardan foydalanishi mumkin, faqat bu xolda chizmaning bir chetida qabul qilingan shatli belgilarga izox berilishi kerak.



Chizmalarni ukishni osonlashtirish maqsadida truboprovod belgilariga modda yunalishini ko’rsatuvchi strelkalar kuyiladi,shuningdek chizmada prinsipial vazifaga ega bo’lgan tusuvchi moslamalarning belgilari xam beriladi


Truboprovod belgi chiziklarining kengligi 0,6...1mm bo’lishi kerak.

Avtomatlashtirishning prinsipial chizmasida texnologik jarayonni avtomatik boshqarish vositalarining xammasi shartli ravishda ko’rsatiladi. Prinsipial chizmalarda avtomatlashtirish vositalarining shartli tasvirlari GOST 21,404-85 talablari asosida bajariladi.

Avtomatlashtirish prinsipial chizmasining pastki qismida boshqarish shchiti va pultiga montaj kilinadigan nazorat va avtomatika asboblari ko’rsatiladi.

Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini va shartli belgilarini belgilashning ikki usuli tavsiya etiladi: soddalashtirilgan va mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida murakkab vazifalarni, masalan, nazorat, rostlash va signalizasiyani amalga oshiruvchi hamda ayrim blok ko’rinishida ishlangan avtomatlashtirish asboblari va vositalari bitta shartli belgi bilan ifodalanadi. Yordamchi vazifalarni bajaruvchi qurilmalar tasvirlanmaydi.

Mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida xar bir asbob yoki blok aloxida shartli belgi bilan tasvirlanadi.

Asbobning shartli belgilanishini 18.3-rasm ifodalaydi. Grafik tasvirning yuqori qismida ulchanayotgan kattalikning va asbobning funksional belgilarining xarfiy belgilari ifodalanadi, pastki qismida esa asbobning yoki avtomatlashtirish vositalari majmuasining pozision belgilari kuyiladi. Bitta parametrni o’lchash, signallash yoki avtomatlashtirish vositalari komplektidagi barcha asboblar bitta nomer bilan belgilanadi, uning xar bir tarkibiy qismiga esa kushimcha rakamli indeks beriladi.



Apparatura komplektida kushimcha rakamli indekslarning berilishi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: datchik, o’lchovchi yoki rostlovchi asbob, qayta ulagich va xokazo. Avtomatlashtirish sxemasining (AS)pozision belgilanishiloyihaning barcha materiallarida saklanadi. Asbobning yoki qurilmaning belgilanishidagi birinchi rakam ulchanayotgan kattalikni nomi hisoblanadi.kulda bajariladigan ishlar uchun muljallangan qurilmaning xarfiy belgilanishi N xarfidan boshlanishi kerak.


3-rasm.

GOST 21.404-85 bo’yicha asbobning shartli belgilanishini

ifodalash prinsipi
asbobning funksional belgilarining xarfiy belgilanishining joylanish tartibi I, R, C, S, A ketma-ketlik bilan belgilangan . chizmalarda iloji boricha chiziklar kam bo’lishi yoki kesishishi kerak. Agar prinsipialchizmalarda chiziklar ko’payib ketsa, adres usulidan foydalaniladi,bunda joyiga o’rnatilgan asboblarda, ko’rsatilgan gorizontal chizikdan 40...80mm masofada, bog’lanish yullari uziladi. Xuddi shu masofada o’lchash uchun impuls olish joyi va ijro etuvchi mexanizmlar o’rnatilgan erdan boglash chiziklari uziladi. Bog’lanish chiziklarining rakamli adreslari kuyi va yuqori uzunliklarga mos ikkita gorzontallarda joylashadi.uzilish erlarida chapdan ungga tartib bilan ortib boradigan kilib nomerlar yoziladi. Nazorat – o’lchash asboblarining to’g’ri tanlangani haqida oldindan fikr yuritish maqsadida boglash chiziklarining kuyi kesmalari yonida ulchanayotgan texnologik parametrlarining eng yuqori miqdorlari ko’rsatiladi. Bundan tashqari, bu ma’lumotlardan o’lchash asboblarining shkalasini tanlaganda foydalanish mumkin.

Avtomatlashtirishning prinsipial chizmasini ukishni osonlatish maqsadida asboblar va rostlagichlarning shartli ifodasi kirish signallarini tepadan, chiqish signallarini esa pastdan ulagan ma’kul. Agar chizmada bir xil xarakteristikali joyiga o’rnatilgan asboblar ko’p marotaba qaytarilsa, u xolda «mahalliy asboblar»turtburchagidagi faqat bitta asbob belgilanishini chizishga ruxsat beriladi, bunday asboblarning pozisiya nomerlari ko’rsatiladi. Bu xollarda ayrim qurilmalardan chikkan bog’lanish yullarini birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bir necha datchikdan chikib, signal bitta ikkilamchi asbobga borganda xam yullarni birlashtirib mumkin.



18,4. Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirish darajasini aniqlash

Avtomatlashtirish darajasi texnologik ob’ektni boshqarish bo’yicha insonning ishtirokisiz, avtomatik bajariladigan mexnat ulushini ifodalaydi. Uni miqdoriy baxolash K ko’rsatgichi orkali amalga oshiriladi.bu ko’rsatgichdan foydalanishda amaldagilani avtomatlashtirish va qayta kurilayotgan BTOni avtomatlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning asosiy yunalishini rejalashtirish holatini tahlil qilish mumkin. K ko’rsatkichining maksimal qiymati 1 ga teng, normaldagi qiymati esa 0,75-0,9 oraligida olinadi.K ko’rsatkich



tenglamaga kura hisoblanadi, bunda K-ayrim boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtirish darajasining xususiy ko’rsatkichlari, ai –funksiyalarining «muximlik» koeffisienti bo’lib, mazkur funksiyalariboshqaruvining umumiy jarayonidagi nisbiy axamiyatini belgilaydi.

Quyidagi texnologik ob’ektni boshqarish funksiyalari va ularning «muximlik» koeffisientlari keltirilgan:

Boshqarish funksiyalari

1. Texnologik parametrlaarni nazorat qilish 0.9

2. Xom ashyo, yarim fabrikat va maqsadga karatilgan mahsulot sifati parametrlarni nazorat qilish 0.9

3. Texnologik parametrlarni kayd etish 0.7

4. Asosiy qurilma holatini nazorat qilish 1.0

5. Texnik vositalar majmuasi(TVM) mexnat kobiliyatini nazorat qilish 1.0

6. Texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlar (TIK)ni hisoblash 0.8

7. Texnologik holatlar tahlili 0.7

8. Ishga tushirish va tuxtatish 0.8

9. Texnologik jarayonni boshqarish 0.9

10.Texnologik jarayonni optimallashtirish 0.9

11. Texnologik jarayonni olib borish sifatini baxolash 0.7

12. Kushni va yuqori darajadagi boshqaruv bilan axborot almashish 0.7

Agar avtomatlashtirish sistemasi biror boshqaruv funksiyasini bajarmasa, u xolda bu funksiyaning avtomatlashtirish darajasining xususiy ko’rsatkichi nolga teng deb qabul kilinadi.



Texnologik parametrlarni nazorat qilishni avtomatlashtirish darajasi ko’rsatkichi K1 quyidagi teglamadan hisoblab topiladi:

Bunda n1i-i- usul bo’yicha nazorat kilinayotgan parametrlar soni, n10- nazorat kilinayotgan parametrlarning umumiy soni ; Kli- texnologik parametrlarni nazorat qilishni amalga oshirishning aniq usuli koeffisienti, uning qiymatlari quyida keltirilgan :



Texnologik parametrlarni nazorat qilishni amalga oshirish usuli

1. Joyida o’rnatilgan asboblar bilan nazorat qilish 0.2

2. Parametrlar chetlashganda signalizasiyali nazoratning shchitli sistemasi 0.7

3. Rakamli asboblarni markazlashgan nazorat va boshqaruv vositalarni kullanib nazorat qilish , parametrlarning chetlashishini signallash va chakirish 0.85

4. EXM, mini EXM va mikroprosessor texnikasini kullanib nazorat qilish, parametrlar ogishini signallash, displeyga chakirish. 1.0

Nazorat parametrlari sonini amalga oshirish usullari bo’yicha hisoblashda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: birinchidan, aynan bitta parametr amalga oshirishning turli usullariga kira olmaydi; ikkinchidan, joyiga kura texnologik qurilmalar bilan komplektr tarzda keltiriladigan asolar bilan nazorat kilinadigan parametrlar hisobga olinmaydi.



Xomashyo, yarim fabrikat va maqsadga karatilgan mahsulot parametrlarini nazorat qilishni avtomatlashtirish darajasi ko’rsatkichi quyidagi tenglama bo’yicha aniqlandi:

Bu erda n2j-j usuli bo’yicha nazorat kilinuvchi parametrlar soni; n20- sifatini nazorat qilish parametrlarining umumiy soni; K2j- qiymatlari quyida keltirilgan xom ashyo, yarim fabrikatlar va maqsadga karatilgan mahsulotlar parametrlarini nazorat qilishning aniq usuli koeffisienti:



Sifat parametrlarini nazorat qilish usuli

1. Laboratoriyaviy nazoratning kimyoviy va fizik mexaniq usullari 0.2

2. Yarim avtomatik laboratoriya nazoratining instrumental usullari 0.5

3. Tahlil natijalariga ishlov berib, avtomatlashtirilgan qurilmada nazorat qilish 0.8



4. Potokdagi avtomatik analizatorlar yoki nazorat parametrlarini EXM, mini EXM va mikroprosessor texnikasi yordamida hisoblash 1.0
Texnologik parametrlar K3 ni kayd etishni avtomatlashtirish darajasi ko’rsatkichi quyidagicha hisoblanadi:

Bu erda n3j-j-usuli bo’yicha kayd etuvchi parametrlar soni ; n30 – kayd etiluvchi parametrlarning umumiy soni; K3j-texnologik parametrlarni kayd etishni amalga oshirishning aniq usuli koeffisienti, uning qiymatilari quyida keltirilgan;

Parametrlarni kayd etish usuli

1. Kulda kayd etish 0.2

2. Ikkilamchiasboblar diagrammalarida 0.6

3. Markazlashgan nazorat va boshqarish vositalari bilan 0.85

4. EXM, mini EXM va mikroprosessor texnikasini kullanib, parametrlar, rejimli listlar, xabarlar , grafik yoki jadval bosish 1.0

Qurilmaning holatini nazorat qilishni avtomatlashtirish darajasi ko’rsatkichi K quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:



Bu erdan4j-yuritmaga ega mashinali qurilma irliklari soni, shuningdek, j- usul bo’yicha nazoratkilinuvchi truboprovodlarda tusikli armatura birliklari soni ; n40- asosiy qurilmaning umumiy birliklari soni, K4j- qurilma holatini nazorat qilishning aniq usuli koeffisienti.

Hisob –kitob natijalarining ko’rsatishicha I variantdagishchitli boshqarish sistemasi ta’minlaydigan avtomatlashtirish darajasi 0.52ga teng ekan, bu esa normativ qiymatdan ancha past (0.75-0.9). faqat katta imkoniyatlarga ega bo’lgan hisoblash texnikasidan foydalanishgina berilgan qiymatlarga erishishga imkon beradi.

Avtomatlashtirsh istemalarining exnik–iqtisodiy samaradorligi

Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirish ularning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini 3-5%ga orttirib, maqsadga karatilgan mahsulotni olishda ko’p mexnat talab qilishlik darajasini ancha kamaytirishga (30-40%ga) olib keladi.

Ikkinchi tomondan uni amalga oshirish uchun kushimcha kapital mablaglar talab kilinadi. Masalan, kimyoviy va unga yakin sanoat tarmoqlarida avtomatlashtirishga ketadigan xarajatlar TOB qurilmalari tannarxining 35%ini tashkil etadi.

Avtomatik sistemalar (AS)ni joriy qilish samaradorligining asosiy ko’rsatkichi ularning uzini koplay olish muddati hisoblanadi.



T=(K+A)/E

Bu erda T-uzini koplash muddati, yil; K-AS ni joriy qilish uchun sarflanadigan kapital mablaglar , sum; A-joriy qilingan avtomatlashtirish qurilmalari tannarxidan ajratilgan amortizasion tulovlar, sum; E- shartli- yillik iqtisodiy samara, sum/yil.

Iqtisodiy samara avtomatlashtirish bo’yicha aniqlanadi:

E=(S1-S2)/P

Bu erda S1,S2-maqsadga karatilgan mahsulot birligining avtomatlashtirishdan keyin yillik ishlab chiqarish.

Kimyo korxonalari mahsuloti tannarxining asosiy bandi(50-80%) xom ashyo tannarxi ekanini hisobga olib, asosiy e’tiborini maqsadga karatilgan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xomashyo solishtirma sarfini pasaytiruvchi avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga karatish zarur.

Uzini koplash muddatining teskari kattaligi iqtisodiy samaradorlik koeffisienti E hisoblanadi:



E=1/T=(S1-S2)*P/(K+A)

Keltirilgan formulalar bo’yicha aniqlangan samaradorlik ko’rsatkichining qiymatlari normativ qiymatlar bilan takkoslanadi va natijaga asoslanib, Asni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi. Kimyoviy korxonalarda Asning uzini koplashini normadagi muddati taxminan uch yilni tashkil etadi.

Bog’lanishni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, birinchi bosqichda (K0-K1) iqtisodiy vositalar kompleksiga ozgina xarajatlar qilinganda iqtisodiy samaradorlik S1 tannarxiningortishi va oddiy boshqarish funksiyalarining avtomatlashtirilishining samaradorligi juda kichik bo’lganidan iqtisodiy samaradorlik manfaydir. Kapital mablaglarning ma’lum qiymatidan boshlab boshqarish vazifalari va masalalarini kengaytirish Asning samaradorligini keskin usishiga olib keladi, demak yanada takomillashgan texnika vositalarikompleksidan foydalanish hisobiga iqtisodiy samarani xam oshiradi. Takomillashtirishning bu bosqichida AS eng katta samara beradi. Bu bosqich uzok davom etmaydi. U kapital xarajatlarning bundan keyingi ortishi (K2-K3) Asni joriy qilishning iqtisodiy samaradorligini bunchalik keskin oshirmaydi;kapital xarajatlarning ma’lum qiymatidan boshlab, boshqarishning funksiya va vazifalarni bundan keyingi kengaytirish juda oz samara beradiki, natijada sistemaning iqtisodiy samaradorligi tusha boshlaydi. Bu boshqaruvning funksiyalari va vazifalarining takrorlanishi, texnologik xodimlariga beriladigan axborotning xaddan tashqari ko’pligi, ASning murakkabligi, demak ishonchsizligi, boshqarish funksiyalari avtomatlashtirish bilan tushuntiriladi, ularni fan va texnika rivojining erishilgan darajasida texnik personalga koldirish maqsadga muvofiq. K4 qiymatdan boshlab, texnik vositalar majmuasini murakkablashtirish ko’rsatilgan sabablarga kura iqtisodiy samaraning manfiy qiymatiga olib keladi.

Bog’lanishni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, xar bir BTO uchun eng ko’p iqtisodiy samara beradigan AS tanlab olish mumkin. Bunda kapital xarajatlar K3 ni tashkil etadi.


O’zlashtirish uchun savollar:

1. Avtomatlashtirish loyihasining vazifasilari va loyihalash masalalari nimalardan iborat?

2. Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichlari qanday?

3. Texnologik jarayonlari avtomatlashtirishning qanday sxemalari bor?

4. Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirish darajasi qanday aniqlanadi?

5. Parametrlarni qayd etishning qanday usullari usullari bor?



6. Avtomatlashtirish sistemalarining texnik – iqtisodiy samaradorligi nimalardan iborat?


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling