12-ma’ruza: Mustahkamlikni normal kesimlar bo‘yicha hisoblash. Yakka armaturali to‘g‘ri burchakli kesimlarni hisoblas


To’g’ri to’rtburchakli kesimlarni jadval bo’yicha hisoblash


Download 370.5 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi370.5 Kb.
#1063080
1   2   3
Bog'liq
121-маъруза

8.3.To’g’ri to’rtburchakli kesimlarni jadval bo’yicha hisoblash
Amalda yakka armaturali to’g’ri to’rtburchak kesimli elementlar jadval yordamida hisoblanadi. Buning uchun (8.4) va (8.5) formulalarga o’zgartirish kiritamiz: MRbbx(h0-0,5x), agar x=h0 bo’lsa, MRbh0(h0-0,5h0) bo’ladi, h0 ni qavsdan tashqariga chiqaramiz; agar (1-0,5)=m deb belgilasak, MRbb h0m kelib chiqadi.
Bu yerdan
(8.8)
Shu ishni armatura uchun ham takrorlaymiz: M RsAs(h0-0,5x), x=h0 ni bilgan holda MRsAs(h0-0,5h0) dan h0 ni qavsdan tashqariga chiqaramiz: MRsAsh0(1-0,5).
Agar 1-0,5 deb belgilasak, MRsAsh0 kelib chiqadi.
Bu tenglamadan armaturaning yuzasini topamiz:
(8.9)
Agar to’g’ri to’rtburchakli kesimning o’lchamlari ma’lum bo’lsa, m orqali jadvaldan  koeffitsient aniqlanadi, so’ngra (8.9) formuladan armatura yuzasi As topiladi.
Ma’lumki, siqilish zonasining balandligi x ishchi balandlik h0 ga nisbati beton siqilish zonasining nisbiy balandligi deb ataladi va harfi bilan belgilanadi, ya’ni ; ning chegaraviy qiymati R tarzida ifodalanadi. =R bo’lganda element chegaraviy holatda bo’lib, armaturadagi kuchlanish Rs ga tenglashadi.
Tabiiyki, R ning chegaraviy qiymati va shunga mos chegaraviy armaturalash mavjud; bu chegaradan o’tgach, yemirilish cho’zilgan armaturadan emas, balki siqilgan betondan boshlanadi. Hisobning birinchi va ikkinchi hollari orasidagi chegara ham ana shundan iboratdir.
Shunday qilib, agar =x/h0R bo’lsa, elementlar birinchi holning formulalari (8.1) va (8.4) asosida hisoblanadi. Agar >R bo’lsa, hisob ikkinchi hol formulalari bo’yicha amalga oshiriladi. Tajribalarning ko’rsatishicha R ning qiymati beton va armaturaning xossalariga bog’liq bo’ladi. Betonning mustahkamligi ortgan sari, uning qayishqoqligi pasayishi hisobiga, betonning siqilish zonasida fursatidan ilgariroq mo’rt yemirilish sodir bo’ladi, bu esaR ning kamayishiga olib keladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, beton va armaturaning mustahkamligi ortgani sari R ning qiymati kamaya boradi. Demak kesimning siqilish zonasi kichraya boradi.R quyidagi formuladan topiladi:
(8.10)
Bu yerda beton siqilish zonasini tavsiflaydigan miqdor bo’lib, =-Rb formuladan topiladi. Bundagi  betonning xiliga bog’liq bo’lgan koeffitsient =(0,85-0,75); betonga bog’liq bo’lmagan koeffitsient (=0,008); SR  armaturadagi cho’zilish kuchlanishi, MPa, armaturaning xiliga qarab olinadi; sc,u  siqilish zonasida joylashgan armaturada hosil bo’ladigan chegaraviy kuchlanish; uning qiymati b21,0 bo’lsa, 400 MPa va b2<1,0 bo’lsa, 500 MPa teng bo’ladi. Elementlar siqilish bosqichida hisoblansa sc,u=330 MPa.
Oqish maydonchasi bo’lmagan po’lat bilan armaturalagan temirbeton elmentlarning siqilish zonasi nisbiy balandligining chegaraviy qiymati (9.10) dan aniqlanadi. Bunda armaturadagi kuchlanish sR=Rs+400-sp2-spi, MPa bo’ladi. Bu yerda sp2  barcha yo’qotuvlar hisobga olinganda armaturada oldindan uyg’otilgan kuchlanishning qiymati; spi,  oldindan uyg’otilgan kuchlanishning qiymati elastiklik chegarasidan oshganda armaturada vujudga keladigan noelastik deformatsiyalardan hosil bo’lgan qo’shimcha yo’qotuv A-IV, A-V, A-VI klassli sterjenli armatura uchun armaturaning boshqa xillari uchun spi,=0.
Temirbeton elementlar uchun kesim tanlashda shuni nazarda tutish lozimki, teng kuchli mustahkamlikka erishish uchun, kesim o’lchamlari bilan armaturalash foizini o’zaro moslashtirish kerak. Masalan, element kesimining balandligi ortishi bilan armatura kesim yuzasining kichrayishi (8.9) formuladan ko’rinib turibdi. Konstruktsiyalarni hisoblashda ularning eng tejamkor va arzon nusxalarini tanlashga intilmoq zarur. Tajribalarning ko’rsatishicha to’sinlarda =0,3...0,4 va plitalarda =0,1...0,25 olinsa, mablag’ tejaladi.
Element yakka tartibda armaturalanganda, siqilish zonasidagi beton buzilmagan holda qabul qila oladigan momentning chegaraviy qiymati quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(8.11)
Bu yerda
R=R(1-0,5R) (8.12)
Hisobning ikkinchi holida >R, ya’ni elementning yemirilishi siqilish zonasidan boshlanadi, deb olinadi. Armaturalash foizini keragidan ortiqcha olish temirbeton elementlarning mustahkamligini sezilarli darajada oshirmaydi. Bunday elementlar mustahkamligini x=Rh0 deb olib, (8.4) formula yordamida hisoblasa bo’ladi. Hisobni yanada aniqroq bajarish maqsadida (8.1) va (8.5) formulalardagi Rs ning o’rniga s ni qo’yish tavsiya etiladi, chunki armaturadagi kuchlanish siqilish zonasidagi betonning barvaqt yemirilishi oqibatida hisobiy qarshilik qiymatiga yetib bora olmaydi.
Har bir iqatorda joylashgan sterjendagi kuchlanish quyidagi formuladan aniqlanadi:
(8.13)
Bu yerda i=x/h0i, h0i  eng siqilgan nuqtadan tegishli qator armaturasining og’irlik markazidan o’tuvchi o’qqacha bo’lgan masofa.
si kuchlanishlari har qanday holda ham hisobiy qarshiliklar Rs va Rsc ning absolyut qiymatlaridan ortib ketmasligi zarur. Bunday holda hisob muvozanat tenglamalari bilan (8.13) formulani birgalikda yechish orqali bajariladi.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling