Asosiy qoidalari. Egiluvchi temirbeton elementlar. Kuchlanish deformatsiyalanish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
конструкция-53-58
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3. Kuchlanish deformatsiyalanish holatining 3 ta bosqichi. Tayanch so‘z va iboralar
53 9-MA’RUZA TЕMIRBЕTON KONSTRUKSIYALARNI HISOBLASHNING ASOSIY QOIDALARI. EGILUVCHI TEMIRBETON ELEMENTLAR. KUCHLANISH DEFORMATSIYALANISH HOLATINING 3 TA BOSQICHI. RЕJA 9.1. Tеmirbеton konstruksiyalarni hisoblashning asosiy qoidalari. 9.2. Egiluvchi tеmirbеton elеmеntlar. 9.3. Kuchlanish deformatsiyalanish holatining 3 ta bosqichi. Tayanch so‘z va iboralar Тemirbeton to’sinda kuchlanish– deformatsiyalanish holatining uch bosqichi, betonning cho’zilishidagi mustahkamlik chegarasi R bt , birinchi sxema bo’yicha yemirilish, plastik sharnir, ikkinchi sxemabo’yicha yemirilish, 1a bosqich, siqilgan zonaning nisbiy balandligining chegaraviy qiymati, temirbetonli to’sin yemirilishining sxemalari va hisoblash hollari. 9.1. TЕMIRBЕTONKONSTRUKSIYALARNI HISOBLASHNING ASOSIY QOIDALARI Тemirbetonning egilishdagi kuchlanish holati bosqichlari. Тemirbeton to’sin egilganda, uning kesimlaridagi eguvchi momentning qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish– deformatsiyalanish holatining uch bosqichi ro’y beradi. I bosqichda yuk kam bo’ladi, beton va armaturadagi kuchlanish ham shunga yarasha bo’lib, beton asosan elastik chegarada deformatsiyalanadi. Kuchlanishlar epyurasi siqilish va cho’zilish zonalarida deyarli to’g’ri chiziqli bo’ladi (9.1–rasm). Yukning ortishi bilan beton va armaturadagi kuchlanish ortadi, betondagi elastiklik va noelastiklik deformatsiyalar rivojlanadi, kuchlanishlar epyurasi biroz egrilashadi, to’sinning neytral o’qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu bosqich I deb belgilanadi. Mazkur bosqichda betonning cho’zilish zonasi ham darzdan holi bo’ladi, zo’riqishlar butun kesim bo’yicha qabul qilinadi. Kuchlanishlarni aniqlashda elastik qarshiliklar formulasidan foydalanish mumkin. Bosqichning oxirida to’sinning cho’zilgan tola qatlamida kuchlanish betonning cho’zilishidagi mustahkamlik chegarasi R bt ga tenglashadi. Тemirbeton elementlarining yorilishga bardoshliligi shu bosqich bo’yicha hisoblanadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling