12-маъруза радиоактив фон. Радиоактив фон манбалари. Радиоактив парчаланишларнинг экзотик турлари кластер радиоктивлик. Радиоизотопларнинг тиббиётда қўлланилиши. Режа: Радиоактив фон ва унинг манбалари


Beta-nurlatgichlarning yarim parchalanish davri sekunddan bir necha soatgacha. Bunday radionuklidlar pozitron-emission tomografiyada (PET) qo‘llaniladi


Download 4.99 Mb.
bet4/5
Sana08.07.2023
Hajmi4.99 Mb.
#1659238
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-maruza

Beta-nurlatgichlarning yarim parchalanish davri sekunddan bir necha soatgacha. Bunday radionuklidlar pozitron-emission tomografiyada (PET) qo‘llaniladi.
Gamma-nurlatgichlarning yarim parchalanish davri bir minutdan bir necha kungacha bo‘lib, ular nurlanayotgan -kvantlar energiyasi 100-200 keV atrofida. Bunday nurlatgichlar bitta fotonli emission kompyuter tomografiyasida qo‘llaniladi. Davolash maqsadida qo‘llaniladigan radionuklidlar inson organizmidagi ma’lum bir organ yoki kasallikni keltirib chiqarayotgan hujayralarni nurlantirishga asoslangan. Bunda boshqa sog‘lom hujayralarga minimal ta’sir qilishga harakat qilinadi.
Davolash maqsadida qo‘llanilayotgan radionuklidlar quyidagi uchta guruhga bo‘linadi:
  • energiyasi 2002000 keV sohada joylashgan –-zarralar chiqarayotgan –-nurlatgichlar;
  • yuqori chiziqli energiya uzatuvchi (LPE ~100 keV/mkm) va qisqa yugurish yo‘liga (50100 mkm) ega bo‘lgan -nurlatgichlar;
  • elektron qamrash (EQ) yoki ichki elektron konversiya (IEK) bo‘yicha parchalanadigan radionuklidlar.

Keyingi 30 yil ichida BFEKT texnikasi yordamida bajariladigan tashxislash protseduralar asosan 99mTc preparati bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Keyingi yillarda tezlatgichlar texnikasining rivojlanishi yangi radionuklidlarni ishlab chiqarishga imkon berdi. Hozirgi kunda I-123, T1-201, In-111, Cr-51, Ga-67, Kr-81m, I-131 va h.k. radionuklidlar tashxis qo‘yishda keng qo‘llanilmoqda. Pozitron nurlanuvchi radionuklidlar ichida asosan C-11, N-13, O-15 va F-18 radionuklidlari keng qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda bemorlarni davolashda nur terapiyasi ham keng qo‘llanilmoqda. Bunda ochiq radioaktiv manba bilan bemorlarning a’zolari nurlantiriladi. Ochiq radioaktiv manbalar alohida yoki qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llaniladi. Ushbu metod xavfli limfalarni, qalqonsimon bez rakini va h.k. larni nur terapiyasi yordamida davolash bilan samarali hisoblanadi.
Inson organizmi funksiyasini tekshirishda keng qo‘llaniladigan boshqa bir radioizotop bu kobalt-57 hisoblanadi. U B12 vitaminining inson organizmida hazm bo‘lishini tadqiq qilish uchun qo‘llaniladi. Kobalt-57 nisbatan og‘ir kobalt radioizotopiga nisbatan qisqa yashash vaqti va yuqori sanash effektivligi bo‘yicha ustunlikka egadir. Hozirgi kunda ushbu radioizotop asosan siklotronda olinadi. Kobalt-57 radioizotopini elektron tezlatgichlarda olish bo‘yicha bir nechta ishlar bajarilgan bo‘lib, bular boshlang‘ich tadqiqot ishlari edi.

Download 4.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling