A ni konsentratsiyaga bog’liq emas, deb tasdiqlaydigan qonun ko’pincha Berr qonuni deb ataladi, chunki Berr rangli suyuqliklarning yorug’lik yutishi ustida o’tkazgan o’lchashlari asosida ana shunday xulosaga kelgan edi. Bu qonunning fizik ma’nosi molekulaning yutish qobiliyati atrofdagi molekulalar ta’siriga bog’liq emasligidan iboratdir.
Atomda elektron tebranishlarining so’nishini xarakterlovchi g koeffitsiyent absorbsiya hodisasini izohlab beradi. Haqiqatan ham, yutuvchi muhitda z chuqurlikka etib borgan yassi to’lqin amplitudasi
(7.11)
ko’rinishda ifodalanishini topgan edik. Ravshanki, bu qonun Buger qonuniga ekvivalent, chunki bu holda , to’lqin intensivligi amplituda kvadratiga proporsional bo’lganligidan yutilish koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. bo’lganda koeffitsiyent nolga aylanadi, ya’ni g koeffitsiyent nolga teng bo’lgan muhit yorug’likni yutmaydi.
Ammo, bizning mulohazalarimizda ishtirok qilayotgan g koeffitsiyent sof matematik ma’noga ega va elektronning tushayotgan to’lqindan olgan energiyasining sarf bo’lishiga olib keluvchi butun bir qator jarayonlarni o’z ichiga oladi.
a) Ossillyator olgan energiyaning sarflanishiga aloqador bo’lgan jarayonlardan biri ikkilamchi to’lqinlar chiqarish jarayonidir. Ossillyator jamg’argan energiya nurlanish natijasida sochiladi, shu tufayli ossillyator tebranishlari amplitudasi cheksiz qiymatlarni olmasdan, balki muayyan chekli qiymatlar oladi. So’nishning bu sababini M.Plank ko’rsatgan va u nurlanish tufayli so’nish deyiladi.
b) Yorug’likning "chin" yutilishiga olib keladigan sabablar, ya’ni nuriy energiyaning boshqa tur energiyaga, masalan, issiqlikka aylanadigan jarayonlar.
Kvant tasavvurlar sohasida tebranishlarning xususiy ω0 chastotasiga em va en energiyali m va n holatlar orasidagi o’tishning
chastotasi to’g’ri keladi. Demak, chastotali yutish chizig’iga atomning n holatdan m holatga birdaniga ikkita foton yutib o’tishi to’g’ri keladi, chunki
Do'stlaringiz bilan baham: |