12-ma’ruza. Stefan-Bolsman qonuni, Vinning siljish qonuni, Plank formulasi. Yorug’lik bosimi va elektromagnit impulsi. Yorug’lik bosimini tajribada aniqlash. Reja


Download 70.89 Kb.
bet1/5
Sana30.01.2024
Hajmi70.89 Kb.
#1817101
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-ma’ruza. Stefan-Bolsman qonuni, Vinning siljish qonuni, Plank (1)


12-ma’ruza. Stefan-Bolsman qonuni, Vinning siljish qonuni, Plank formulasi.Yorug’lik bosimi va elektromagnit impulsi. Yorug’lik bosimini tajribada aniqlash.
Reja:
1. Nurlanish turlari. Muvozanatli nurlanish.
2. Issiqlik nurlanishi qonunlari.
3. Nurlanishning kvant nazariyasi.
Tayanch iboralar:
Yorug’lik oqimi, energiyasi, energiya zichligi, quvvati, bosimi, Lebedev tajribasi, konveksion ta’sir, radiometrik ta’sir, yorug’lik impulsi va zarrachalari soni, yorug’likning yutilishi, yutilish koeffitsiyenti, absorbstiya, qattiq jismlarda yutilish, Buger-Berr qonuni, Vavilovning yorug’likning yutilishiga oid tadqiqotlari, metall bug’lari spektri, bir fotonli yutilish, ko’p fotonli yutilish, nuriy yoki radiatsion so’nish, spektral chiziqlar eni, tabiiy so’nish qonuni.

Manbaning nurlanishga sarflanayotgan energiyasi turlicha to’ldirilishi mumkin. Masalan:


-kimyoviy reaksiyada ajraladigan energiya hisobida yuzaga keladigan nurlanishga xemilyuminessensiya;
-elektr energiyasi hisobiga yuz beradigan gaz razryadi nurlanishiga elektrolyuminessensiya;
-elektronlar bilan bombardimon qilish tufayli yuzaga keladigan nurlanish - katodolyuminessensiya;
-jismlarni qizdirish tufayli chiqariladigan nurlanish - issiqlik nurlanishi va boshqalar.
Agar jism bilan nurlanish orasidagi energiya taqsimoti har bir to’lqin uzunligi uchun doimiy qolsa, jism-nurlanish tizimidagi holat muvozanatli bo’ladi.
Barcha nurlanishlar orasida faqatgina issiqlik nurlanishi muvozanatli bo’ladi. Muvozanatda bo’lgan holat va jarayonlar uchun termodinamika qonunlarini qo’llash mumkin. Demak, issiqlik nurlanishi ham termodinamika tamoyillaridan kelib chiqadigan ba’zi umumiy qoidalarga bo’ysunadi. Bu qonunlarni ko’rib chiqamiz.
Prevo (1809y.) qoidasi. Agar ikki jism turli miqdorda energiya chiqarsa, ular turli miqdorda energiya yutishi kerak.

Download 70.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling