12-ma’ruza. Yo‘lovchi tashish va uni rejalashtirish


Download 23.22 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1788443
1   2   3
Bog'liq
12-маъруза

12.5. Yo‘lovchi tashish va uni rejalashtirish

Yo‘lovchi tashishni rejalashtirish yuk tashishni rejalashtirishdan tubdan farq qiladi va ancha murakkab masala hisoblanadi. Transport organlariga oldindan yo‘lovchi tashish uchun hechqanday talabnomalar berilmaydi, shuning uchun transport xodimlari rejalarni ishlab chiqishda yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talab darajasini to‘liq hisobga olish imkoniyatiga ega emas. Shu bilan birlikda rejalashtirilayotgan yil uchun yo‘lovchi tashish hajmi va uning tarkibini bilish katta ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar yo‘lovchi tashish ishlarini bajarish uchun kerak miqdorda vagonlar tayyorlash, temir yo‘l uchastkalarining o‘tkazish qabiliyatini talab darajasiga yetkazish, tashish ishlarini samarali tashkil qilish uchun qo‘llaniladi. Yo‘lovchi tashishni rejalashtirishda qo‘llaniladigan ma’lumatlar manbai yo‘lovchi tashish ishlaring hisobotlari, vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan yo‘lovchi oqimini va aholining transport harakatchanligi o‘rganish borasida o‘tkazilgan tadbirlar hisoblanadi.


Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish ishlari bo‘yicha faqat yillik reja ishlab chiqiladi, oylik reja esa tuzilmaydi. Broq oylar mobaynida tezkorlik bilan rejaga o‘zgartirishlar kirgiziladi, yo‘lovchi oqimi ko‘paygan paytlarda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar tayinlanadi, kamayganda esa ba’zi poyezdlar bekor qilinadi. Bu borada poyezlarning vagonlaridagi joylarning yo‘lovchilar bilan bandlik darajasi va aholining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talabi qandirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ahamiyati katta.
Yo‘lovchi tashish rejasida asosiy tasdiqlanadigan ko‘rsatkich yo‘lovchi oboroti. Bundan tashqari rejada yo‘lovchi tashish hajmi, yo‘lovchini o‘rtacha tashish masofasi. Yo‘lovchi tashish rejasi kompaniya bo‘yicha jami va alohida yo‘nalishlar bo‘yicha ham ishlab chiqiladi.
Yo‘lovchi tashish rejasini ishlab chiqish uchun o‘tgan yillar maboynida yo‘lovchi tashish hajmining tashish turlari bo‘yicha (shahar atrofi, mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlar) absalyut o‘lchamda ko‘payishini bilish zarur. Bundan tashqari rejalashtirilayotgan yilda tashish hajmi va uning tarkibiga umuman kompaniya bo‘yicha va alohida yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatadigan sabablarni aniqlash kerak. Yillik yo‘lovchi tashish rejasida quyidagi ko‘rsatkichlar belgilanadi ( yo‘nalish turlari va umumiy barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jami): jo‘natiladigan yo‘lovchilar, tashiladigan yo‘lovchilar (tashiladigan yo‘lovchilar hajmi), yo‘lovchi oborot va yo‘lovchini o‘rtacha tashigan masofasi). Jo‘natiladigan yo‘lovchilar hajmi kompaniya’ning barcha bekatlaridan jo‘natiladigan va boshqa temir yo‘llardan qabul qilinadigan yo‘lovchilar yig‘indisiga teng.
Kompaniya bo‘yicha yo‘lovchi oboroti aniqlash uchun tashishiladigan yo‘lovchi miqdorini o‘rtacha tashish masofasiga ko‘paytiriladi yoki kompaniya’ning barcha temir yo‘l uchastkalarining yo‘lovchi oboroti jamlanadi. Temir yo‘l uchastkalarining yo‘lovchi oborotini aniqlash uchun uchastkalar yo‘lovchi oqimini uchaskaning uzunlik masofasiga ko‘paytiriladi. Yo‘lovchini o‘rtacha tashish masofasini aniqlash uchun umumiy yo‘lovchi oboroti miqdorini tashiladigan yo‘lovchi miqdoriga bo‘lib aniqlanadi. Buning miqdori rejalashtirilyotgan yilda hisobot yiliga qarag‘anda yo‘lovchini o‘rtacha tashish masofasining uzayishiga yoki qisqarishiga ta’sir ko‘rsatadigan turli faktorlarni tahlil qilib aniqlangan ma’lumotlarga va hisobotlarga asoslanib belgilanadi.
Yo‘lovchi tashishda kelajakga mo‘ljallangan rejalarni ishlab chiqish ancha murakkab masala, negaki uzoq muddat mobaynida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyajida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, transport vositalari yanada takomillashishi mumkin. Shuning uchun yo‘lovchi tashish uchun kelajakga mo‘ljallangan rejalarni tuzishda hisobotda aniqlangan ma’lumotlarning zaruryati ancha kamayadi.
Yo‘lovchi tashish bo‘yicha kelajakga mo‘ljallangan rejalarni turli uslublarda ishlab chiqish mumkin, bulardan keng qo‘llaniladigan uslublaridan biri o‘tgan yillarning hisobotlarida qayd etilgan yo‘lovchi tashishdagi yillik o‘sishlar tahlili va rejalashtirilayotgan yilga turli faktorlarning ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda aniqlanadigan uslub. Bu yerda sanoat va qishloq xo‘jalik xududlarning kelajakda rivojlanishi, yangi shaharlarning barpo etilishi va kengayishi, dam olish maskanlarining ko‘payishi, yo‘lovchi tashish borasida yo‘l xaqi tariflarining o‘zgarishi, temir yo‘l transporti va boshqa turdagi transportlarning rivojlanishi, mehnatkashlarning mehnat va dam olish jarayonida muqarrar bo‘ladigan o‘zgarishlar, aholining moddiy va manaviy faravonligining o‘sish darajasi, boshqa xorijiy davlatlar bilan xalqora munosabatlarning kengayishini hisobga olish kerak.
Yo‘lovchi tashishda ancha uzoq kelajakga mo‘ljallangan rejalarni ishlab chiqishda mamlakatda aholining ko‘payishini va transport harakatchanli oshishini hisobga olish lozim. Bu borada milliy daromad va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadning o‘sishi, barcha transportlarda yo‘lovchi oborotining o‘sishi bilan uzviy bog‘liqligini aniqlash maqsadga muvofiq.
Milliy daromadning va aholining real daromadlari o‘sishiga asoslanib ma’lum darajada yo‘lovchi tashishda xalqora yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchi oborotining miqdorini belgilash mumkin. Shu bilan birlikda, aholi daromadlarining o‘sishi shaxsiy transport vositalarining ko‘payishiga olib kelishini hisobga olish zarur. Bu holat o‘z navbatida jamoa transportlari bilan yo‘lovchi tashish miqdorining biroz kamayishiga olib kelishi mumkin.
Jami yo‘lovchi oborotini aniqlash uchun mamlakat aholisining sonini yo‘lovchi-kilometrda ifodalangan aholining transport harakatchanlik ko‘rsatkichiga ko‘paytirish kerak.
Kelajakda tashiladigan yo‘lovchilar miqdorini aniqlash aholining soni va uning transport harakatchanligi va bu ko‘rsatkichlarning kelasi yillarda o‘sish tendensisini nazarda tutish zarur.



Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling