12. Mavzu : Yog’och qirindili va tolali yog’och materiallari Reja. Yog’och materiallaning turlari va sortlari Tilingan yog’och materiallar
Download 2.48 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR
№ 12. Mavzu : Yog’och qirindili va tolali yog’och materiallari Reja. 1. Yog’och materiallaning turlari va sortlari 2. Tilingan yog’och materiallar 3. Taxtalar T ilinmagan (dumaloq) yog’och materiallar. Kesilgan, butoqlari qirqilgan va po’stlog’i shilingan daraxt tanasi (o’lchami har xil) tilinmagan yog’och deb ataladi. Q urilishda tilinmagan (g’o’la) yog’ochlardan qurilishbop va taxtabop xarilar qullaniladi (GOST 1047—54). Uchining diametri 12 sm va bundan yo’g’onroq bo’lgan g’o’la yog’och — xari deb ataladi. Nina bargli daraxtlar turidan tayyorlangan qurilishbop va taxtabop xarilar uzunligiga harab farq qilinadi: kalta (uzunligi 2—3,5 m) xarilar binokorlik detallari va buyumlari tayyorlash uchun mo’ljallangan; uzunligi o’rtacha (4—7 m) xarilardan taxta tilinadi, yaxlit holida esa ulardan tusinlar va shunga uxshash konstruksiya (podtovarnik) va xodachalar (jerd) lar kesilgan daraxt tanasining butoqlardan va po’stloqdan tozalangan va uzunligi 3—9 m keladigan qismidir. Xoda uchining diametri 8— 11 sm, xodacha uchining diametri esa 3—7 sm keladi. Taxtabop xarilarni bo’yiga arralash yo’li bilan tilingan yog’och materiallar hosil qilinadi. 34-rasmda xoda materiallarni tilib yog’och taxtalar xosil qiluvchi qurilma (pilorama) ko’rsatilgan. Ninabargli daraxt turidan bo’lgan tilingan yog’och materiallar yog’ochining sifatiga va nuqsonlari bor-yo’qligiga qarab GOSTga muvofiq olti sortga bo’linadi: a’lo sort, I, II, III, IV va V sortlar. Xarini oddiy usulda arralab plastina, chorak g’o’la (chetvertina) va pushtaxta xosil qilinadi . Xari bo’yiga arralanib qoq o’rtasidan bo’linsa, plastinalar hosil bo’ladi. X ari bo’yiga ikki (bir-birini ko’ndalangiga kesib o’tadigan) yo’nalishda arralanib, to’rtta baravar qismga bo’linsa, chetvertina deb ataladigan chorak g’o’lalar xosil bo’ladi. Xodani uzunasiga arralab, pushtaxtalar olib tashlanib, arra polotnolarini kerakli oraliqda o’rnatib turli qalinlikdagi taxtalarni hosil qilish mumkin. Tilingan yog’och materiallar qay tarzda ishlov berilganligiga (ko’ndalang kesimining shakliga), eni bilan yo’g’onligi (qalinligi)ning bir-biriga bo’lgan nisbatiga qarab bir necha xilga ajratiladi. Eni qalinligidan ikki baravardan ziyod bo’lgan yog’och materialga taxta deyiladi, eni ikki qalinligidan oshmaydigan material esa bruscha deb ataladi. Taxtalar, yupqa (qalinligi 35 mm gacha — yo’nilgan taxta) va qalin (qalinligi 35 mm dan ziyod) taxtalarga ajratiladi. Taxtalar qay tarzda ishlov berilganligiga, ya’ni ko’ndalang kesimining shakliga qarab, yon chetlari arralangan, ya’ni to’g’ri qirrali taxtalarga xamda yon chetlari arralanmagan taxtalarga ajratiladi. Yon chetlari arralangan taxta deganda, har ikki yoni boshidan oxirigacha yoki bo’yining yarmigacha arralangan (olingan) taxta tushuniladi, yon chetlari arralanmagan taxta deganda, yonlari mutlaqo arralanmagan yoki bo’yinning yarmidan kamroq qismigacha arralangan (olingan) taxta tushuniladi. TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR: 1. Taxtalar qanday farqlanadi? 2. Yog‘ochning o’lchamlarini qisqarishi nima ? 3. Yog’ochning qanday turlari bor? Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling