12– mavzu: afrika xalqlari. Amerika xalqlari. Yevropa xalqlari etnologiyasi. Reja


Download 43.37 Kb.
bet2/6
Sana07.01.2023
Hajmi43.37 Kb.
#1082933
1   2   3   4   5   6
AMERIKA XALQLARI
Amerika qit’asi o’zining hududi bilan faqat Osiyodan bir oz kichikroq . Uning maydoni Grenlandiya bilan 44,5 min.kv.km ni tashkil etadi. Atlantika va Tinch okeanlari oralig’da joylashgan shimoldan shanubga 15,5 ming km uzunlikka chuzilgan bu qit’a aslida ikkita mustaqil quriqlikdan iborat. Uning 24,3 min. kv. km. ga ega bo’lgan shimoliy qismi trapesiya shaklida , janubiy qismi katta notekis uchburchakka o’xshaydi. Amerikaning shimolidagi keng qismi ekvatordan pastroqda 4,5 ming km kelsa, tor qismi Panama hududida joylashgan bo’lib 100km ga ham etmaydi. XX asrda shu erda qazilgan 80 km lik Panama kanali Tinch va Atlantika okeanlarini bog’langan muhim xalqaro savdo Yo’liga aylangan edi.
Ko’hna dunyo deb nomlangan Yevropa, Osiyo va Afrikagi nisbatan Yangi dunyo deb atalgan Amerikaning tabiati va iqlimi nihoyatda rang barang. Tinch okeani sohillari bo’ylab shimoldan janubga tamon butun ikki qit’aga chuzilgan Kordiler nomli eng yirik tog’ tizmalari Tinch okeanida ro’y beriyaotgan tektonik jarayon bilan bog’liq. shuning uchun bu tuzumlar sesmik jihatdan notinch hisoblanadi. Bu erda eng baland tog’liklar va hozirgacha qaynab turgan vulqonlar mavjud.
Qit’aning ichki qismidagi bepayon tayga, tundra va tropik o’rmonlar, chiksiz dashtu beYobon va preryilar, katta kichik ko’llar va darYolar inson uchun zarur mahsulotlarni yetkazib beradi.
Amerikaning hayvonat dunyosi ko’hna Yevropa va Osiyoga nisbatan bir oz qashshoqroq. Mustamlakachilar kelguncha bu erda hindular tomonidan faqat alpaka, lama, kurka kabi jonivorlar xonakilashtilgan Janubiy va Markaziy Amerikaning tropik o’rmonlarida burni kegn maymunlar yashaydi.
O’simliklar dunyosi ancha boy vaturli tuman . Qita’ning ko’p o’simliklari –makkajuxori Yoki mais, kartoshka, pomidor, kakao kabilar o’zining sifati va kishiga foydaliligi bilan ajralib turadi. Amerika bazi foydali o’simliklarning vatani ham hisoblanadi. Uning bag’ridagi xilma-xil qazilma boyliklari hozirgi ilmiy texnik taraqqiYotiga juda qo’l kelgan.
Amerikadagi nasroniy aholi soni 1980 yilda 600 mln ga etdi. shundan 250 mln ga yaqini shimoliy Amerikada, 250 mln ni Lotin Amerikasida yashaydi. Yevropaliklar kelishi arafasida qit’ada turli ijtimiy taraqqiYot pog’onasida turgan o’zaro qarindosh qabilalari, elatlar va xalqlar yashagan . Ularning ko’pchiliga Meksikaning Janubiy qismi , Markaziy Amerika va And tog’larida joylashgan bo’lib yuksak dehqonchilik madaniyati yaratgan. Yuqori ijtimoiy –iqtisodiy darajaga ko’tarilgan xalqlarning avlodlari hisoblanadi. shmoliy va Janubiy Amerikaning juda katta hududida tarqoq holda joylashgan kam sonli mayda qabilalar temirchilik , ovchilik va baliqchilik bilan shug’illanib ibtidoiy jamoa tuzumidan yuqori ko’tarilmagan. Amerikaning kashf etilishi arafasida hindilar bir necha o’n mln bo’lsa , uning shimoliy qismida tub aholi soni o’n mln ga ham etmagan edi.
Hindularninmg kelib chiqishi uzoq vaqtga sir bo’lib turli faraz va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Ayrim olimlar Amerika aholisi avtoxton, yani shu erda paydo bo’lgan, degan fikrni Yoqlab chiqqanlar. Ammo Amerikaga odamlarning Osiyodan kelganligi , uning shimoldan janubga tomon asta-sekin ko’chib tarqalganligi tasdiqlangan. Bu ko’chish Beyring bug’ozoi bo’lmagan Osiyo va Amerika qit’asi qo’shilgan bir davrda ro’y bergan. So’nggi 20 yil ichida qilingan kashfiYotlarga tayanib olimlarning ko’pchiligi bu erda odam 30-25 ming yiollar muqaddam paydo bo’lgan degan fikrga kelganlar. Atoqli antrapolog L. Liki Amerikaga dastlab Osiyoliklar 50-100 ming yillar ilgari kela boshlagan, degan fikrni aytmoqda. Ko’pchilik olimlar Janubiy Amerikaga esa odamlar dastlab 10-11 ming yillar kelgan deb ataydilar.
Tub amerikalikning ajdodlari butun qitada shimoliy Alyazkadan Janubdagi Olovli ergacha Osiyoliklar ekanini arxeologik dalillardan tashqari antapologiya tuzilishlari ham tasdiqlaydilar.

Download 43.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling