12-Mavzu: Baholashni ob’yektiv va differensialligi


Download 16.58 Kb.
bet3/3
Sana16.02.2023
Hajmi16.58 Kb.
#1204173
1   2   3
Bog'liq
12м-Mavzu

Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi ozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim.
3. Haqqoniylik (ob’yektivlilik). Bir-biridan mustaqil ta’lim beruvchilar bir xil ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo‘yicha bir xil baho bergan holdagina mazkur topshiriq va test haqiqiy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun taalluqlidir.
4. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usulardan foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qo‘yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo‘lishi uchun baholash asosli va aniq ma‘lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o‘rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo‘naltirilganligini qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi.
5. Qulaylik. Baholash tizimi o‘quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o‘quv va ishlab chiqarish standartlariga mosbo‘lishi, murakkab bo‘lmasligi, nazorat o‘tkazuvchi va ta’lim ouvchi uchun qulay bo‘lishi lozim. Baholashni o‘tkazishda imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Baholash tizimlari.
Oxirgi paytlarda Respublikamiz ta’lim muassasalarida quyidagi ikkita baholash tizimi qo‘llanilib kelinmoqda.
1. Baholashning besh ballik tizimi.
2. Baholashning reyting tizimi. Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:  Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo‘lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, o‘quvchilarning o‘qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Ta’lim oluvchilar darsga har kuni tayyorlanib borishlari kerak. T’lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib turishi shunga majbur etadi.  Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir o‘quuvchi uning bilimlari, ko‘nikma va malaka baholanayotganini tushunishi kerak. Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik. Ta’lim oluvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari davlat o‘quv dasturlarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
Download 16.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling