12-Mavzu: Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi Reja


Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm


Download 64.04 Kb.
bet5/12
Sana23.10.2023
Hajmi64.04 Kb.
#1716868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu

4. Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm.
Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi.
XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Evropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo‘lindi.
1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan SHarqiy Evropa, YAqin SHarq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo‘nalish u erdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, Shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta'limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning SHarqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, ellada, Albaniya, Polsha, CHexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.

Download 64.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling