Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in'om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e'tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi.
O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (cherkovga) e'tirof etiladi. Ibodat va'z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a'rofni tan olmaydilar.
M. Lyuter tomonidan tuzilgan reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan. Mana Shu tezislardan biri: Iso payg‘ambar: «Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi» deb jar solganida Shuni ta'kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor.
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezisda, Lyuter ta'kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi.
Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. CHerkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). Bu erda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a'rof ustidan hukmronligi rad etiladi.
«Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab qilinmaydi», degan ta'limot Iso ta'limoti emas. CHindan tavba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |