12-mavzu: Elka-bosh poyasi. O'mrov osti arteriyasi. Qo'lning qon tomirlari


Download 21.2 Kb.
bet1/5
Sana07.05.2023
Hajmi21.2 Kb.
#1439869
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12 mavzu


12-mavzu: Elka-bosh poyasi.O'mrov osti arteriyasi. Qo'lning qon tomirlari.
O'mrov osti arteriyasi — a.subclavia
O'mrov osti arteriyasi — a.subclavia ning o'ng tarafdagisi — a.subclavia dextra yelka bo'yin poyasi — truncus bracbiocephalicus dan ajralsa, chap o'mrov osti arteriyasi a.subclavia sinistra esa aorta ravog'i — arcus aortae dan ajraladi.
a.subclavia ning tarmoqlari:
1. a.vertebralis — umurtqa arteriyasi bosh miyani qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Bu arteriya bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtasidagi teshiklar — foramen processus transversus orqali yo'naladi. Umurtqa arteriyasining bo'yin qismi pars cervicalis va kalla ichidagi qismi — pars intracranialis tarmoqlari bo'ladi.
2. a.vertebralisumurtqa arteriyasining pars cervicalis bo'yin qismi tarmoqlari: a) r.r.spinalis orqa miyaning bo'yin segmentlariga yo'naluvchi shoxlar:
b) r.r.musculares — bo'yin mushaklariga yo'naluvchi shoxlar.
II. a.vertebralis — umurtqa arteriyasining pars intracranialis — kalla ichi qismi tarmoqlari:
1) r.r.meningei — qattiq parda tarmoqlari;
2) a.inferior posterior cerebelli — miyachaning pastki orqa arteriyasi. Bu arteriyadan ajraluvchi shoxlar:
a) a.spinalis posterior — orqa miyaning orqa arteriyalari;
b) r.tonsillae cerebelli — miyacha murtagi shoxlari;
d) r.choroideus ventriculi quarti — IV qorincha chigalini hosil etuvchi shox.
3) a.spinalis anterior — orqa miyaning oldingi arteriyasi;
4) r.r.medullares medialis — uzunchoq miyaga yo'naluvchi medial shoxlar;
5) r.r.medullares laterales — uzunchoq miyaga yo'naluvchi lateral shoxlar; a.vertebralis kalla bo'shlig'ining ichida, Voroliy ko'prigining oldingi yuzasida o'zaro qo'shilib asosiy arteriya a.basilaris ni hosil qiladi. Arteria basilaris ning tarmoqlari:
1. a.inferior anterior cerebelli miyachaning oldingi ostki arteriyasi. Uning tarmog'i a.labyrinthi — ichki quloq arteriyasini ajratadi;
2. a.a.pontis — Voroliy ko'prigi arteriyalari;
3. a.mesencephalicae — o'rta miya arteriyasi;
4. a.superior cerebelli — miyachaning ustki arteriyasi;
5. a.cerebri posterior bosh miyaning orqa arteriyasi (bu arteriyaning tarmoqlari oldingi bo'limda yozilgan).
III. Truncus thyrocervicalis qalqonsimon bo‘yin poyasi quyidagi tarmoqlarga ajraladi:
a) a.thyroidea inferior — qalqonsimon bezning ostki arteriyasi hiqildoqning pastki tarmoq shoxi — a.laryngea inferior ni ajratib, hiqildoqni; r.glandulares shoxi qalqonsimon bezni; r.r.pharyngealis shoxi halqumni; r.r.oesophageales shoxi qizilo'ngachni; r.r.tracheales shoxlari traxeyani qon bilan ta’minlaydi.
b) a.cervicalis ascendens bo'yin mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya orqa miyani qon bilan ta’minlaydigan — r.r.spinales shoxlarini chiqaradi.
d) a.suprascapularis — kurak suyagining mushaklarida tarqaladi. Bu arteriyadan r.acromialis shoxi ajralib kurak suyagining ustki burchak sohasida tarqaladi.
e) a.transversa colli — bo'yinning ko'ndalang arteriyasi bo'yin mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya yuza — r.superficialis va chuqur — r.profundus shoxlariga ajraladi. Chuqur shoxi — a.dorsalis scapulae nomi bilan kurak mushaklari sohasigacha davom etadi.
IV. a.thoracica interna — ko'krakning ichki arteriyasi. Bu arteriya to'sh suyagiga paralel holda, ko'krak qafasining ichki yuzasi bo'ylab yo'naladi. Ko'krak qafasining pastki chekkasida, VII qovurg'a tog'ayi sohasida ko'krakning ichki arteriyasi ikki tarmoqqa ajraladi:
a) a.musculophrenica — diafragmani qon bilan ta’minlashda qatnashadi;
b) a.epigastrica superior — qorin devorini qon bilan ta’minlashda qatnashadi.

Download 21.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling