12-mavzu: Elka-bosh poyasi. O'mrov osti arteriyasi. Qo'lning qon tomirlari


Download 21.2 Kb.
bet5/5
Sana07.05.2023
Hajmi21.2 Kb.
#1439869
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 mavzu

Arcus palmaris profundus — ravog'idan kaft suyaklarining ikkinchisidan boshlab, uchta a.metacarpeae palmares tarmoqlari chiqadi. Bu tarmoqlar barmoqlar sohasiga o'tib, umumiy barmoqlar arteriyalariga qo'shilib ketadi va II-V barmoqlarni qon bilan ta’minlashda qatnashadi. Chuqur arteriya ravog'idan, kaftning orqa yuzasiga r.r.perforantes tarmoqlari chiqib, kaftning va barmoqlaming orqa yuzasini qon bilan ta’minlashda qatnashadi.
5. r.carpeus dorsalis — kaft usti suyaklari sohasining orqa arteriyasi. Bilak arteriyasining shunday tarmog'i bilan qo'shilib, kaft usti suyaklari sohasining orqa arterial to'ri — rete carpe dorsale hosil bo'ladi. Arcus palmaris superficialis — kaftning yuza ravog'i tirsak arteriyasi (a.ulnaris) bilan bilak arteriyasining — a.palmaris superficialis tarmoqlarinmg qo'shilishidan kaft yuzasida hosil bo'ladi. Yuza arterial ravoqdan umumiy barmoq arteriyalari — a.digitales palmares communes ajraladi. O'z navbatida bu arteriyalar barmoqlarning asosida xususiy barmoq arteriyalari — a.digitale palmares propriae tarmoqlariga bo'linadi.
Download 21.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling