12-mavzu: Elka-bosh poyasi. O'mrov osti arteriyasi. Qo'lning qon tomirlari
Download 21.2 Kb.
|
12 mavzu
a.thoracica interna — ko'krak qafasi devoriga a.intercostalis anterior tarmoqlarini chiqaradi. Bu tarmoqlar ko'krakning oldingi devoridagi xususiy mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. Uning shoxlari: r.r.mediastinalis — ko'ks oralig'i shoxlari; r.r.thymici — ayrisimon bez shoxlari; r.r.bronchiales — bronxlarga; r.r.tracheales — traxeyaga shoxlar chiqaradi. Ko'krakning ichki arteriyasidan yurak xaltasini qon bilan ta’minlaydigan— a.pericardiophrenica tarmog'i ajraladi. Bu tarmoq perikardni, diafragmani, plevrani qon bilan ta’minlaydi. To'sh suyagi sohasiga r.r.sternales shoxlari va teshib o'tuvchi shoxlar — r.r.perforantes dan r.r.mammarii mediales ajralib sut bezini qon bilan ta’minlaydi.
V. Truncus costocervicalis — qovurg'a-bo'yin poyasi. Bo'yinning chuqur guruh mushaklarini hamda 1 va 2 - qovurg'alar orasidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi: a) a.cervicalis profunda — bo'yinning chuqur guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi; b) a.intercostalis suprema — qovurg'alararo ustki arteriya. Bu arteriyadan a.intercostalis posterior prima 1 - qovurg'alararo sohaga va a.interacostalis posterior secunda 2- qovurg'alararo sohaga tarmoqlar ajraladi. O'z navbatida bu tarmoqlardan orqa shoxlar r.dorsales va orqa miyaga r.spinales shoxlari ajraladi. O'mrov osti arteriyasi qo'ltiq osti sohasida — a.axillaris ga davom etadi. Qo'ltiq osti arteriyasi — a.axillaris Qo'ltiq osti arteriyasi — a.axillaris yelka kamari va ko'krak sohalarini qon bilan ta’minlaydi va quyidagi tarmoqlami chiqaradi: 1. a.thoracica superior ko'krakning yuqori arteriyasi. Bu arteriya ko'krak sohasidagi: m.subclavius, m.pectoralis major et minor, m.serratus anterior mushaklarida va yuqoridagi qovurg'alar orasida tarqaladi. 2. a.thoracoacromialis. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi: a) r.acromialis — akromion sohaga tarqaladigan shox. Shu nomli arteriyalar bilan qo'shilib rete acromiale to'rini hosil qiladi; b) r.clavicularis — o'mrov sohasining shoxi; d) r.deltoideus — deltasimon mushak sohaga yo'naluvchi shox; e) r.pectorales — ko'krak mushagi sohasiga yo'naluvchi shox. 3. a.thoracica lateralis — ko'krakning lateral arteriyasi. Ko'krakning yon sohasini, ko'krak bezini — r.r.mammarii lateralis va ko'krak mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. 4. a.subscapularis — kurak osti arteriyasi kurak ostidagi va kurak suyagi atrofidagi mushaklami qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya quyidagi tarmoqlarga ajraladi: a) a.thoracodorsalis ko'krak qafasining orqa yuzasini qon bilan ta’minlaydi; b) a.circumflexa scapulae kurak suyagini aylanib o'tuvchi arteriya. 5. a.circumnexa humeri posterior — yelka suyagini orqadan aylanib o'tadigan arteriya. Yelka suyagining xirurgik bo'yin qismini orqasiga yo'naladi. Bu arteriya deltasimon mushakni va yelka kamari sohasidagi mushaklami qon bilan ta’minlaydi. 6 a.circumflexa humeri anterior — yelka suyagini oldindan aylanib o'tuvchi arteriya. Bu arteriya yelka suyagining xirurgik bo'yin qismini oldindan aylanib o'tadi, yelka bo'g'imini va uning atrofidagi mushaklami qon bilan ta’minlaydi. Download 21.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling