12-mavzu Flotatsion reagentlarning tasnifi va ishlatilish maqsadlari. Flotatsiya jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar va flotatsiya sxemalari


Download 35.71 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2023
Hajmi35.71 Kb.
#1075349
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-Ma\'ruza

Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar

Yetarli darajada mustahkam uchmaydigan ko‘pik hosil qiladigan sirt-aktiv moddalar ko‘pik hosil qiluvchilar deyiladi. Sirt-aktiv moddalar suyuqlik - havo chegarasida adsorbsiyalanuvchi va shu chegarada sirt tarangligini kamaytiruvchi geterogen moddalardir.
Ko‘pik hosil qiluvchi moddalar mineral zarralarni bo‘tana yuzaga kotarib bera oladigan ko‘p miqdordagi mayda pufakchalami hosil qila olishi kerak. Ko'pik hosil qiluvchining molekulalari suyuqlik havo chegarasida shunday joylashadiki, ularning polar qismlari suv tarafga, polarmas qismlari esa havo fazasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Amalda ko‘pik hosil qiluvchilar sifatida quyidagi moddalar ishlatiladi.
Krezil kislotasi koks sanoatida olinadi. Uchta aromatik spirt: fenol C6H 5OH, krezol C6H 5CH2OH va ksilenol C6H 5(CH2)2OH laming aralashmasidan iborat. Biroz bo‘lsada to‘plovchi xususiyatiga ega va zaharli.
Og‘ir piridin koks sanoatida olinadi. Aktiv qismi bo‘lib xinolin
C9H7N hisoblanadi.
Ko'pik hosil qiluvchi IM-68 (6-8) uglerod atomiga ega uchta
spinning aralashmasidan iborat. IM-68 tarkibiga geksil spirti C6H 13OH, geptil spirti C7H 15OH va oktil spirti C8H 17OH kiradi. Bu ko'pik hosil qiluvchi zaharli emas va to‘plovchi xususiyatini namoyon qilmaydi.

Muhitning regulatorlari
Muhitning regulatorlari minerallarning flotatsiyasi ketayotgan
muhitning ishqoriyligini o‘zgartirishga ishlatiladi.
Muhitning ishqoriy yoki kislotali xossalari pH ko'rsatkich yoki
vodorod, yoki gidrooksil ionlari konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Vodorod ko‘rsatkich pH deb, vodorod ionlari konsentratsiyaning manfiy logarifmiga aytilaldi:
pH=-lg[H+] Kislotali muhitda vodorod ionlarining konsentratsiyasi gidrooksil ionlarining konsentratsiyasidan katta, ishqoriy muhitda esa buning teskarisi, gidrooksil ionlarining konsentratsiyasi vodorod ionlarining konsentratsiyasidan katta. Kislotali muhitda pH < 7; ishqoriy muhitda pH > 7; neytral muhitda esa PH=7 Flotatsiyaning natijalari bo‘tanadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasiga bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan suyuq fazaning pH i tekshirib turiladi va berilgan ishqoriylikni reagentlar qo‘shib ushlab turiladi. Nordon muhit hosil qilish uchun sulfat kislotasi, ishqoriy muhit hosil qilish uchun ohak yoki soda solinadi.

Download 35.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling