12-mavzu Flotatsion reagentlarning tasnifi va ishlatilish maqsadlari. Flotatsiya jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar va flotatsiya sxemalari


Download 35.71 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2023
Hajmi35.71 Kb.
#1075349
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-Ma\'ruza

So‘ndiruvchilar
So‘ndiruvchilar mineral* zarra — suv chegarasida ta’sir qiladi.
So‘ndiruvchilami bo‘tanadan ko‘pikka o‘tishi kerak boimagan mineral zarralarning flotatsion qobiliyatini susaytirish maqsadida ishlatiladi. Amalda so‘ndiruvchilar sifatida ishqor, ianidlar, rux kuporosi, natriy sulfidi, natriy silikati, organik kolloidlar va hokazolar ishlatiladi. Ishqorlaming so'ndiruvchi ta’siri metallarning qiyin eruvchi gidrat oksidlarini hosil qilishi bilan bogiiq. Ishqorlar temir va nikel suffidlarining flotatsion qobiliyatini so‘ndiradi. Sianidlarning so‘ndiruvchi ta’siri uning to'plovchini eritishidadir. Sianidlar rux, temir va nikel sulfidlarini so'ndiradi. Flotatsiya amaliyotida Na CN, KCN, Ca(CN)2 va biroz miqdorda ishqor saqlovchi texnik
mahsulot — sianqotishma ishlatiladi. Sianidlar suvda yaxshi eriydi. Ular suvli eritmalarda kuchli zahar hisoblangan vodorod sianid ajratib gidrolizlanadi: Na CH + OH'= Na OH + H C H t Sianidlar gidrolizga uchramasligi uchun jarayon ishqoriy muhitda olib boriladi. Rux kuporosi (rux sulfati) ZnS047H20 sfalerit (ZnS)ni so‘ndirishda
ishlatiladi. Rux kuporosi neytral va ishqoriy muhitda Zn(OH)2
cho‘kmasini, soda ishtirokida Z nC 03 cho'kmasini hosil qiladi va bu cho‘kmalar sfalerit yuzasiga yopishib, uni so‘ndiradi.
Natriy sulfidi Na2S — molibdenit (MoS2) dan tashqari hamma
sulfidlarni so‘ndiradi, suvda natriy sulfid kuchli asos va kuchsiz kislotaning tuzi sifatida gidrolizga uchraydi hamda kuchli ishqoriy muhitni hosil qiladi. Natriy sulfidi ko‘proq qo‘shilganda bo‘tana erkin holdagi sulfid S va gidrosulfid HS ionlari hosil bo'ladi va ular ksantogenat ionlarini mineralning sulfidlashgan yuzasi bilan o‘zaro ta’sirini to'xtatadi.


Faollashtiruvchilar
Faollashtirgichlar minerallaming flotatsiyalanish qobiliyatini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Ular to'plovchining mineral yuzasida mahkamlashishiga yordam beradi. Undan tashqari, faollashtirgichlar mineral so'ndirilgan bo‘lsa, ularning flotatsion qobiliyatini qayta tiklash maqsadida hamda
minerallaming tabiiy flotatsiyalanish qobiliyati kam bo'lganda ishlatiladi.
Faollashtirgichlarning ta’siri shundan iboratki, ular mineral yuzasida to‘plovchi oson yutadigan (adsorbsiyalaydigan) plyonkani hosil qiladi yoki mineral zarra yuzasidan so‘ndiruvchini chetlashtiradi. Flotatsiya jarayonida faollashtirgich sifatida mis kuporosi CuSO-5H O, sulfat kislota, eruvchi sulfidlar va havo kislorodi
ishlatiladi. 2Mis kuporosi — nisbatan ko‘proq tarqalgan faollashtirgichlardan. sfaleritni faollashtirishda ishlatiladi.
Sulfat kislotasi — pirit va pirrotinni faollashtirishda ishlatiladi.
Faollashtirish — mineral zarra yuzasida hosil bo'lgan temir
gidrooksidini eritib yuborishdan iborat. Natriy sulfidi - rangli metallar oksidli minerallarini suffidlashtirishda ishlatiladi.
Havo kislorodi sulfidli minerallaming yuzasini oksidlash va
bo‘tanadagi erkin sulfid ionlarini oksidlash natijasida faollashtiradi.
Sulfidli minerallar yuzasini qattiq oksidlanib ketishi ham zararli, chunki bunda to'plovchi ko‘proq sarflanib ketadi.
To‘plovchi so‘ndiruvchi va faollashtirgichlarning vazifasini yaxshi tushunish uchun misol keltiramiz.
Galenit PbS, sfalerit ZnS va pirit FeS2 li polimetall rudalami
flotatsiyalashda awal galenit flotatsiyalanadi, sfalerit va piritning flotatsiyalanish qobiliyati so‘ndiruvchi qo'shib (ohak, sianid yoki rux kuporosi) yo‘qotib turiladi. Qo‘rg‘oshinli flotatsiyadan keyin sfaleritning flotatsion qobiliyati faollashtirgich - mis kuporosi qo‘shib tiklanadi,
pirit esa ko‘p miqdorda ohak qo‘shib so‘ndiriladi. So'ngra piritning flotatsion qobiliyati tiklanadi (masalan, sulfat kislotasi qo'shib) va uni piritli boyitmaga flotatsiyalanadi.



Download 35.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling