12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi


Download 135.98 Kb.
bet9/9
Sana02.11.2023
Hajmi135.98 Kb.
#1739303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashki

Oddiy auksion yo xaridorlardan kelib tushgan arizalarni qabul qil-gan sotuvchi tomonidan (sotuvchi auksioni) yoki potensial sotuvchi-lardan manfaatli takliflar qidirayotgan xaridor tomonidan (xaridor auksioni) tashkil etilishi mumkin.

Oddiy auksionning bir necha turlari mvjud.




Xususan ingliz auksioni – sotuvchilar savdo boshlanishidan oldin fond instrumentlarini boshlangʻich narxda sotish uchun arizalar beradi. Ular kotirovka byulletenida kelishtirilib, birja savdo ishtirokchilariga tarqatiladi. Auksion davomida agar xaridorlar raqobati mavjud boʻlsa, moliyaviy instrument narxi oshib boradi va natijada auksion aktivi taklif etilgan eng yuqori narxda bitta xaridorga sotiladi.


Golland auksioni –sotuvchining boshlangʻich narxi yuqori va qachonki xaridor narxni maʼqullamagunicha auksionni olib boruvchi mutaxassis narxni pasaytirib boradi. Bunday holatda qimmatli qogʻozlar narxiga rozi boʻlgan xaridor tomonidan sotib olinadi.


Qorongʻu auksion –barcha xaridorlar bir paytda qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun oʻzlarining narxlarini taklif qilishadi va

eng yuqori narx taklif qilgan shaxs qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. Ayrim rivojlangan mamlakatlar qisqa muddatli davlat obligatsiyalarini


– uch oyli, olti oyli, bir yillik“qorongʻi” auksion orqali joylashtiradi. Murakkab auksion (uzluksiz, “chaqiriqli” yoki “olomonli”).


Auksionning bunday turi sotuvchilar va xaridorlar raqobatining yuqori boʻlishini taqozo etadi. Birja savdosini tashkil etish shakli sifatida murakkab auksionlar fond bozori xususiyatiga boshqa auksionlarga nisabatan mos ravishligi bilan ajralib turadi.


Murakkab auksionlar quyidagicha farqlanadi.




Chaqiriqli bozor (on call market). Fond bozorida bitimlar kamdan kam tuzilsa, sotuvchi va xaridor narxlari oʻrtasida katta farq yuzaga keladi va u birja kotirovkasida spred, deb nomlanadi. Buning natija-sida, bitimlardagi narxlar tebranishi yuqori va muntazam xarakterga boʻladi, bunday bozor likvid emas, birja savdolari uzluksiz auksion shaklida tashkil etilishi umuman, murakkab hisoblanadi. Chaqiriqli bozorda birja savdosini tashkil etilishi kam kuzatiladi, bozor likvidligi past boʻlganligi sababli, qimmatli qogʻozlar savdosida qatnashish uchun arizalar tushish muddati uzaytiriladi va tashkil etilgan birja savdosida deyarli barcha qimmatli qogʻozlar savdosi boʻlib oʻtadi.


Uzluksiz auksion. Broker muqaddam bergan arizasini oʻzgartirishi mumkin emas, shuning uchun vaqt mezoni yozma auksionda muhim element hisoblanadi. Natijada, qimmatli qogʻozning kliring narxi aniqlanadi va shu narxda sotuvchi va xaridorlar bitim tuzadilar. Shunday holat bozorni katta hajmda yigʻilib qolgan moliyaviy aktivlarga boʻlgan buyurtmalarni barobariga sotib turadi. Likvid bozorda bunday “barobariga sotishlar” bir birja kunida bir necha marotaba sodir boʻlib turadi. Jahonda barobariga sotish amaliyotidan keng foydalanadigan yirik bozorlar Avstriya, Belgiya, Germaniya va Isroil davlati birjalaridir. Bunday barobariga sotish savdolari qimmatli qogʻozlarga doimiy talab va taklif, bozor likvidligi, uzluksiz auksionga oʻtish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Oʻz navbatida, uzluksiz auksion uch turga ega.

Birinchi turi – buyurtmalar kitobidan foydalanish, unga brokerlar-dan kelib tushgan ogʻzaki arizalar kiritiladi, keyin klerk (birja vakili) arizalarni kelib tushish muddati va qimmatli qogʻozlarni sotib olish hajmi boʻyicha ajratadi.


Ikkinchi turi – tablo, unda qimmatli qogʻozlarga nisbatan tanlangan eng yaxshi ikkita narx (eng yuqori sotib olish uchun va eng past sotish uchun narxlar) koʻrsatiladi. Makler kelib tushgan arizalarni narxlar boʻyicha guruhlaydi va har bir qimmatli qogʻozga kurs taklifini belgilaydi. Ushbu narxlar broker ish joyi ekraniga yoki tabloga chiqariladi. Misol uchun, Nyu York fond birjasida biror bir korporatsiya aksiyalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi “17 va 3/8 17 va 3/4 nisbatan” yoki “3/8, 3/4”. Bu 17 va 3/8 talabning eng yaxshi narxi, 17 va 3/4 taklifning eng yaxshi narxini bildiradi. Bunday narxlar birja savdosi jarayonida savdo oʻyinlari strategiyasini belgilash va arizalar korrektirovkasini qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Vaziyatni tahlil qilib, savdo zalidagi treyderlar koʻrishi uchun brokerlar oʻzlari tabloga aktivlar narxini chiqaradi. Buyurtmalar tabloga xronologik tarzda joylashtiriladi shuning uchun vaqt omili hal qiluvchi rolni oʻynaydi. Agar oʻxshash buyurtmalar xuddi shunday narxlarda avvalroq kelib tushsa va bozorning qarshi tomonidagi buyurtmalar bajarilishiga yoʻl qoʻymasa, buyurtmalar bajarilmaydi. Ushbu buyurtmaning bajarilmaslik sababi aksiyaga “avvalroq” ariza kelib tushgani boʻlishi mumkin. Agar “avvalroq” arizalarning narxlari diapazoni bozor taklif qilinayotgan narxlar bilan keskin farq qilsa, savdo jarayonida makler “avvalroq” kelib tushgan arizalarni chiqarib tashlab, birja savdosiga korrektirovkalar kiritishi mumkin. Birja savdosi tashkil etilishining oʻzi chegaraviy spred oʻrnatish yoʻli orqali bozor likvidligini oshirishga imkon beradi.


Uzluksiz auksionning uchinchi turi – olomon. Treyderlar faqat savdoga kelib tushayotgan aksiyalarni eʼlon qiluvchi klerk (birja vakili) atrofida toʻplanishadi va kontragentga oʻzlari taklif qilayotgan narxlarni ovoza qilishadi. “Olomon”dagi savdolar turli narxlarda amalga oshadi va koʻp hollarda bitta xaridor aniq narxni belgilamagan holda bir nechta sotuvchilar bilan turli narxlarda aksiyalarni xarid qiladi. Zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan yirik birjalarda “olomon” shaklida birja savdosi tashkil qilinishini tasavvur qilish qiyin, ayniqsa, jahon yirik kompaniyalar tomonidan aktiv emissiyalar oshirilganda. Lekin, bunday uzluksiz birja savdosining yarim ijobiy jihatlari mavjud, qarz bozoridagi buyurtmalarni birlashtiradi va shu orqali ushbu bozorni qimmatli qogʻozlardan


216
“tozalab” bajarilayotgan buyurtmalar sonini maksimal darajaga koʻtaradi.


Birjada savdolarni tashkil qilish uchun operatsion zalga alohida talablar belgilanadi:





  1. har bir savdo ishtirokchisi uchun zarur sharoitlar yaratib berish;




  1. har bir savdo tovari uchun alohida zal, unda xona tagi amfiteatr shaklida boʻlishi kerak. Shuning uchun, bitimlar amalga oshadigan joyni “pol”, “chuqurlik” yoki “birja xalqasi” deyiladi;




  1. zal markazida, balandlikda joylashgan maxsus joyda savdoni olib boruvchilar, operatsiya va narxlarni roʻyxatga oluvchilar boʻlishi darkor;




  1. zal atrofida (400 gacha ... 500) birja savdolarida qatnashish huquqi mavjud boʻlgan, maxsus jihozlangan kabinalarda brokerlar joyi boʻladi;




  1. axborot tablo mavjudligi;




  1. axborot agentliklar vakillari uchun maxsus ish joylari tashkil

etish;




  1. birja zali yonida axborotlari roʻyxatga olish va ombor xodimlari uchun boʻlimlar boʻlishi darkor.

Download 135.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling