12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi


Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari qatnashchilari


Download 135.98 Kb.
bet3/9
Sana02.11.2023
Hajmi135.98 Kb.
#1739303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashki

2. Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari qatnashchilari

Fond birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan fond birja tovari savdolari, ushbu savdolarda fond birja barcha ishtirokchilari bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda, markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda oʻtkazililishi lozim.


Fond birja savdolarida qatnashuvchi ishtirokchilar mavjud. Ushbu ishtirokchilar professional ishtirokchilar deyiladi va fond birja professional ishtirokchilariga birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish huquqi berilgan investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, tranfer-agent, qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi, dilerlar, market-meykerlar va brokerlar hisoblanadi, odatda ular yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishlari darkor. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanuvchi ushbu ishtirokchilarni kengroq koʻrib chiqamiz:




Investitsiya vositachisi – mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining

203
professional ishtirokchisidir. Investitsiya vositachisi mijozlarining qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari investitsiya vositachisining oʻz hisobvaraqlaridan alohida hisobvaraqlarda turadi. Investitsiya vosita-chisi har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini yuritadi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot beradi.


Investitsiya vositachisi mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtma berish mumkin, oʻtkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi lozim. Mijozlarning topshirigʻiga binoan amalga oshiriladigan bitimlar investitsiya vositachisining oʻz dilerlik operatsiyalariga nisbatan ustun ravishda bajariladi. Agar investitsiya vositachisi tomonidan tegishli topshiriq olinguncha investitsiya vositachisi va uning mijozi oʻrtasidagi mijoz xabardor qilinmagan manfaatlar toʻqnashuvi mijozga zarar yetkazsa, investitsiya vositachisi zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beradi. Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yoki u tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Investitsiya vositachisi sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatib turayotgan, tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan qimmatli qogʻozlar mijozning qaroriga koʻra bir haftalik muddatda boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkazilishi lozim, bunday qaror mavjud boʻlmagan taqdirda esa, qimmatli qogʻozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik oʻtkazish uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga oʻtkaziladi.





Download 135.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling