12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi


Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi


Download 135.98 Kb.
bet5/9
Sana02.11.2023
Hajmi135.98 Kb.
#1739303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashki

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxsning – ishonchli boshqaruvchining oʻziga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli boʻlgan:

-qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni;


-qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻ-larini shu shaxsning yoki u koʻrsatgan shaxsning manfaatlarini koʻz-lab, oʻz nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobay-nida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish.




Transfer-agent – qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisob-ga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning oʻtkazilishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir.

Emitentlar, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzuv-chi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir. Transfer-agent emitentga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish yuzasi-dan xizmatlar koʻrsatadi.




Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi

– investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.


Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan.




Diler – fond birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuv-chi birja aʼzosidir.


Market-meyker fond birja tovarlari narxlarining, talab va taklif-ning darajasini saqlab turish uchun oʻz zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini olgan dilerdir.


Broker – mijozning topshirigʻiga koʻra, uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi birja aʼzosidir.

206
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


Fond birjasida savdolarni amalga oshirish, yuqorida aytib oʻtilgan fond birja, jumladan, qimmatli qogʻozlar ishtirokchilarining turli faoliyati bilan bogʻliq boʻladi. Fond birja savdolarida asosan broker, diler, market meyker bevosita qatnashadi. Aytib oʻtish joizki, fond birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzilganda, sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga bitim summa-sining 0,01 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi. Bunda sotuvchining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim boʻyicha daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.


Qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinadi.


Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida Qonunning 21-moddasida belgilanishicha, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari sifatida quyidagilar belgilangan:





  1. fond birjasi;




  1. fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi;




  1. qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi. Barcha qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari oʻz fao-

liyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari lozim.


Tashkil etilgan tovar savdolarida qatnashishga Oʻzbekiston Respublikasi qonun osti hujjatlarida belgilangan ravishda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi. Bunda, savdoda qatnashayotgan ishtirokchi boshqa bir shaxs manfaatini koʻzlab, uning nomidan harakat qilsa, brokeryoki tegishli professional litsenziyaga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisi hamda markaziy


207
kontragent savdo tashkilotchisining savdoda qatnashish roʻyxatiga kiritilishi mumkin. Ushbu roʻyxatga savdo qatnashchilarini kiritish va roʻyxatdan chiqarish tartibi va shartlari savdo tashkilotchisi tomonidan qatʼiy belgilanadi.


Fond birjasi yopiq birja turiga kiradi. Bu degani, faqat birja aʼzolari (yaʼni, professional ishtirokchilar) qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshirishi mumkin. Odatda, fond birja aʼzolari yuridik shaxslardir, lekin xalqaro amaliyotda fond birja aʼzolari kategoriyasiga ham yuridik, ham jismoniy shaxslar kirishi mumkin. Ayirim mam-lakatlarda, masalan AQSHda jismoniy shaxslarga, boshqa davlatlarda, misol uchun, Yaponiya, Kanada – yuridik shaxslarga va boshqa koʻpgina davlatlarda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida farqlilik qilmaydi, fond birja aʼzosi boʻlish afzalligi beriladi.


Fond birjaning barcha ishtirokchilari bir xil sharoit va vaziyatda boʻladi, yaʼni har xil kategoriyaga ega boʻlgan ishtirokchilar boʻlishi mumkin emas, misol uchun, tovar birjalaridagi ishtirokchilar singari.





Download 135.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling