12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi


Download 135.98 Kb.
bet1/9
Sana02.11.2023
Hajmi135.98 Kb.
#1739303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-mavzu fond birjalari reja Fond birjasi funksiyalari va tashki


12-MAVZU FOND BIRJALARI


Reja
1. Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi

2. Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari qatnashchilari


3.Fond birja savdolari mexanizmi.Birja auksioni turlari
1. Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasida fond birjasi faoliyati 12.09.2014 yilda qabul qilingan OʻzRQ-375 sonli “Birjalar va birja faoliyati” toʻgʻrisida qonunning yangi tahriri orqali tartibga solinadi. Ushbu qonun birjalarning tashkil etilishi va faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” qonunga muvofiq, birja – oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. Qonunning 3–moddasiga koʻra, birjalar belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin birja faoliyatini amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritgan va oʻz nomida “birja” soʻzidan foydalanishlari lozim boʻlgan yuridik shaxslardir.

Birjalar oʻz faoliyatini tovar-xomashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi. Birja oʻz ustav hujjatlariga ega boʻlishi kerak va bu hujjatlar quyidagilardan iborat:





  1. birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri, elektron pochta manzili;




  1. birja ustav fondining miqdori;




  1. birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati, turlari;




  1. birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.

Fond birjasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda bir qator huquqlarga ega: kotirovkalash; arbitraj; listing; nazorat va boshqa birja komissiyalarini tashkil etish; birja tovarlari narxlari birja tomonidan belgilangan chegaraviy miqdordan oʻzgarib ketsa, birja savdolarini toʻxtatish; qonun hujjatlariga muvofiq tanlov, kimoshdi, koʻrgazma-yarmarka savdolarini, davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil


etish hamda oʻtkazish; birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari ham-da boshqa axborot va reklama materiallarini chiqarish; birja savdo-larini tashkil etish; birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalash.


Fond birjaning oʻz majburiyatlari ham mavjud. Ularga quyidagi-larni kiritishimiz mumkin: savdo maydonchalarida va seksiyalarda birja savdolari oʻtkazish joyi hamda vaqti toʻgʻrisida birja aʼzolarini oʻz vaqtida xabardor qilish; birjada tuzilgan bitimlarnining bajarilishini taʼminlash uchun shart sharoitlar yaratish; birja aʼzolarining va ular mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish hamda hisobga olish, shuningdek bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlar orqali ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob kitoblarni amalga oshirish; birja, birja aʼzolari va ularning mijozlari pul mablagʻlarining alohida-alohida hisobini yuritish; muntazam ravishda oʻz rasmiy veb-saytida birja tovarlarining kotirovkalarini joylashtirish, shuningdek birja aʼzolarini har bir birja savdosining yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilib borish.


Fond birjaning faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu bozorda shakllantirishdan tashkil topadi.


Quyidagi rasmda fond birja tamoyillarini koʻrib chiqishimiz mumkin.



Download 135.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling