12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja
O‘zgaruvchan omillar ikki guruxga bo‘linadi
Download 73.91 Kb.
|
12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflan-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5- rasm. Loyixa sezgirligini taxlil kilish.
- Zararsizlik nuqtasi
O‘zgaruvchan omillar ikki guruxga bo‘linadi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad va harajatlarga ta’sir etuvchi omillar: sotish hajmi, mahsulot sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari, investitsiya xajmi, qarz mablag‘lariga to‘lovlar va boshqalar; bilvosita ta’sir etuvchi omillar: qurilishning davomiyligi (muddati), ishlab chiqarish siklining davomiyligi, to‘lovlarning kechikishi, tayyor maxsulotni sotish muddati, inflyasiya darajasi, daromad solig‘i stavkasi va boshqalar. 5- rasm. Loyixa sezgirligini taxlil kilish. Rasmdan ko‘rib shuni aytish mumkinki, investitsiya loyihasi sezgirligini tahlil qilish orqali riskni aniqlab, tahlil qilib baholash mumkin. Masalan, loyiha sezgirligi tahlili natijasida kritik faktor sifatida mahsulot bahosi namoyon bo‘lsa, demak, marketing programmasini kuchaytirish kerak yoki loyiha qiymatini (ishlab chiqarish harajatlarini) kamaytirish kerak. Agar loyiha ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ko‘proq sezgir bo‘lsa, demak, mehnat unumdorligiga ko‘proq e’tibor berish kerak (ishchilarning malakasini oshirish va qayta o‘qitish, boshqarishni, menejmentni yaxshilash va h.k.). AQSH da 40%ga yaqin neft kompaniyalari bu usuldan riskni pasaytiruvchi usul sifatida foydalanidilar9. Investitsiya loyihasi sezgirligini tahlil qilish orqali riskni aniqlab, tahlil qilib baholash mumkin. Masalan, loyiha sezgirligi tahlili natijasida kritik faktor sifatida mahsulot bahosi namoyon bo‘lsa, demak, marketing programmasini kuchaytirish kerak yoki loyiha qiymatini (ishlab chiqarish harajatlarini) kamaytirish kerak. Agar loyiha ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ko‘proq sezgir bo‘lsa, demak, mehnat unumdorligiga ko‘proq e’tibor berish kerak (ishchilarning malakasini oshirish va qayta o‘qitish, boshqarishni, menejmentni yaxshilash va h.k.). Loyiha sezgirligi usulining kamchiliklari: loyihaning barcha parametrlari emas, faqat bitta parametrning o‘zgarishiga asoslanganligi; muqobil, ya’ni o‘xshash variantlarni amalga oshirish ehtimoli hisobga olinmaganligi; bitta parametrning o‘zgarishini boshqa parametrlarning o‘zgarishiga ta’sir qilishi hisobga olinmagan (masalan, bahoning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladi). Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, loyihaviy tahlilda sezgirlik tahlili loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va noaniqlikni hisobga olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlilini o‘tkazish uchun tavsiya etiladi. Sezgirlik tahlili loyihaning o‘xshash parametrlaridan biri o‘zgarganda, loyiha samaradorligi qay darajada o‘zgarishiga miqdoriy baho berishda qo‘llaniladi. Investitsion loyihaning “Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish harajatlariga teng bo‘lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo‘lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi harajatlarga teng bo‘lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo‘ladi. “Zararsizlik nuqtasi” tahlili investitsiya loyihasi quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi mikdorini topish maqsadida qo‘llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo‘lsa, korxona zararga ishlayotgan bo‘ladi. Bunday tahlil loyihani baholashda turli narh va qiymatni hisobga olish bilan bir qatorda zararsizlik darajasini hisoblashga imkon beradi. Risk va noaniqlik sharoitida investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda uchta tez tez o‘zgaruvchan miqdorlarni: mahsulot (ish, hizmat)larni sotishdan olingan daromadlar, ishlab chiqarish harajatlari (tannarh), investitsiyalar va ulardan keladigan samaralarni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Zararsizlik tahlili deganda, loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish hajmi, mahsulot tannarhi va foydaning bir-biriga bog‘liqligini tadqiq qilish tushuniladi. Ba’zi hollarda bunday tahlil harajatlar, ishlab chiqarish hajmi va foydaning bir-biriga nisbatini tahlil qilish deb ham ataladi. Bunda eng asosiy maqsad harajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish hajmini aniqlashdan iborat va bu holat korxona rahbarlariga va loyiha menejerlariga quyidagi omillarni o‘zgarishining foydaga ta’sirini aniqlash imkoniyatini beradi: doimiy harajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydigan harajatlar, masalan, qarz foizi, garov puli, ijara haqi, renta to‘lovlari va boshqalar); o‘zgaruvchan xarajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgarib turuvchi harajatlar, masalan, ish haqi, xom ashyo, yoqilg‘i, yuk tashish harajatlari va boshqalar); sotish hajmi; mahsulot tannarhi; sotilishi ko‘zda tutilgan mahsulot assortimenti. Harajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan sotish hajmi maxsus nuqtani tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Mana shuning uchun ham bunday tahlil zararsizlik nuqtasi deb nomlanadi. Bunda korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko‘rmaydi, ya’ni mahsulot sotishdan tushgan tushum mahsulotning to‘liq tannarhiga (harajatlarga) barobardir. Zararsizlikni tahlil etish mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan mahsulot ishlab chiqarish harajatlariga teng bo‘lgandagi, algebraik va grafik yo‘l bilan topiladigan tenglik nuqtasini aniqlashdan iboratdir. Agar mahsulot sotish hajmi ushbu nuqtadan past bo‘lsa (mahsulot tannarhidan past bo‘lsa), u holda korxona zararga ishlayotgan bo‘ladi, agarda sotishdan tushgan tushum ishlab chiqarish harajatlariga teng bo‘lsa, bu holat uning o‘z faoliyatini zararsiz yuritayotganidan dalolat beradi. Zararsizlik tahlili zararsizlik nuqtasidan pasti korxona uchun zarar keltiruvchi loyiha quvvatidan foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini yoki zarar keltiruvchi ishlab chiqarish hajmi miqdorini topish uchun xizmat qiladi. Zararsizlik nuqtasidagi sotishdan tushgan tushum o‘zini zararsiz sotish qiymati sifatida namoyon etadi, mahsulot birligi bahosi esa bu holatda zararsiz sotish bahosi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarish dasturi turli xil mahsulotlarni o‘ziga qamrab olgan bo‘lsa, u holda har bir zararsiz sotish hajmi uchun alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha baholarning turli variantlari mavjud bo‘ladi, biroq yagona “zararsiz” baho bo‘lmaydi. Ma’lumki, zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun, eng avvalo, sotish hajmi (Q) o‘zgarishining foydaga (P) ta’sirini aniqlash lozim bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar nisbatini aniqlashdagi elementlar bo‘lib, mahsulot birligi narhi (P), mahsulot birligidagi o‘zgaruvchan xarajatlar (V) va mahsulot birligidagi doimiy harajatlar (C). Formula quyidagi ko‘rinishga ega: Download 73.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling