12-mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot Reja


Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlar


Download 0.73 Mb.
bet4/5
Sana13.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1455926
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu. Ish bilan bandliknazariya va amaliyot — копия

8.3. Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlar

Aholi ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xu-susiyatlar, shu jumladan, ish bilan bandlik turlari, kasb-malaka guruhla-ri bo‘yicha taqsimlashdagi qonuniyatlar kishilarning yoshi va jinsi bo‘yicha farqlanishi bilan ifodalandi.


Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo‘yicha jins-yosh guruhlarini ijtimoiy-demografik guruhlari deb atash qabul qi-lingan. Aholining jinsi va yoshi bo‘yicha ish bilan bandlik xususiyatlari-ni hisobga olish maqsadida aholining quyidagi ijtimoiy-demografik gu-ruhlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, ayollar, yoshlar (16–29 yoshgacha bo‘lgan mehnatda faol aholi), o‘rta yoshli kishilar (30–49 yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar.




Erkaklar va ayollar eng yirik ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘lib, ularning mehnatidan foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Aholining mazkur guruhlariga tabaqalashgan yondashish asosini jinslarning tabiiy farqlari tashkil etadi. Erkaklar ish bilan band aholining 52,2 % ini tash-kil etgani holda, ko‘proq jismoniy kuch va chidamga ega, ularning organizmi ayollar organizmiga nisbatan ishlab chiqarish sohasining noqulay ta’sirla-riga kamroq beriluvchan bo‘ladi. Odatda, ularda qat’iyat va ishonch bosimli bo‘lib, mehnatini tatbiq etish doirasi kasbiy jihatdan ancha keng. Ayollar esa ish bilan band aholining 47,2 % ini tashkil etgan holda, ishdagi sinch-kovlik va puxtalik, diqqatlilik, sezgirlilik, ta’sirchanlik yaxshi rivoj­ langanligi bilan ajralib turadi.

Uzoq vaqt mobaynida erkak va ayollar ishchi kuchining tabiiy farqlari ularning sifat tarkibidagi muhim farqlar bilan bir-birini to‘ldirib keldi. Ayollar ma’lumot, kasb tayyorgarligi darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy harakatchanligi bilan erkaklardan birmuncha orqada qolib kelganlar. Bunga misol sifatida aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda O‘zbekistondagi korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 % ga yaqini ayollardan tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni birmuncha kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tad-birlari ko‘rilmoqda, bu hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshi-rishda ma’lum darajada ijobiy siljish imkonini beradi.


Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o‘ziga xos tomonlarida hal qiluv-chi rol o‘ynaydi. Binobarin, bu omil qanchalik to‘laroq hisobga olinsa, ayol-lar kasbiy mehnatining aholini ko‘paytirish bilan birga qo‘shib olib bori-lishi uchun eng yaxshi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Shuni ham aytish kerakki, ish bilan samarali bandlikni shakllantirishda ayollarning roli ular mehnat resurslarining faqat son va sifat tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog‘lom avlodni tarbiyalash sohasiga qo‘shgan hissasi bilan ham belgilanadi.


Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xusu-siyatlar ham mavjud bo‘lib, bu ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan ta-lablar qo‘yilishini taqozo etadi. Agar texnikadan foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum darajada birxil-lashuvi mumkin. Shu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham ayollar organizmi xususiyatlariga ko‘proq darajada mos kelishi lozim.


O‘zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish kuchining yangi xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi.


Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ular-ning mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan bel-gilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni – o‘quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.


Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko‘maklashish Markaz-lari xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo‘shash ko‘lami bilan belgilanadi. Bunda ko‘p narsa xodimlar qaysi tar-moqlardan bo‘shashiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bular mashinasozlik, to‘qimachi-lik sanoati tarmoqlarida bo‘lsa, bu joylarda ishlovchi yoshlarning ulushi ko‘proq bo‘ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi.


Yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik ko‘lamini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy sohasi bo‘lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo‘lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladiganlar sonini ko‘paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalariga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash yo‘li bilan eri-shiladi. O‘qiyotgan yoshlar sonini kengaytirishning ikkita yo‘nalishi bo‘lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish imkoniyatla-rini kengaytirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalishga vaqtincha chora sifatida qa-rash mumkin va u kollej, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarining o‘zgarib borishiga muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta’lim olish muddatini uzaytirishdir.


O‘rta yoshli kishilar (30–49 yosh) – O‘zbekiston mehnat resurslarida eng ko‘p sonli guruh bo‘lib, umumiy mehnat resurslarining 55,0 % dan ortig‘i-ni tashkil etadi. Uning o‘ziga xos xususiyati milliy iqtisodiyotda ish bilan bandlikning eng yuqori darajasiga erishilishidir. Mazkur ijtimoiy-demo-grafik guruh xodimlarida, asosan, kasb manfaatlari barqaror aniqlangan. Shuning uchun ham bu guruhda ish o‘rnini o‘zgartirishga intilish boshqa ijti-moiy-demografik guruhlarga nisbatan ancha kamroq.


50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi kishilarning (10,0 %) ish bilan bandligi mazkur guruhning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi: bu ijtimoiy imkoniyatlarning pasayishi, kasbiy bilimlarning yuqori daraja-si, katta amaliy tajribaning mavjudligidir. Mazkur ijtimoiy-demogra-fik guruhda ish bilan bandlik darajasi keskin kamayadi. Buning sababi sog‘-liqning holati, shuningdek, imtiyozli pensiya olish imkoniyatidadir.


Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo‘ladi. Xuddi shu-lar pensiya yoshdagi mehnatda faol aholining o‘zagi (5–6 %)ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning o‘ziga xos xususiyati shuki, bunda ma’lumot darajasi past bo‘lgan kishilarning ulushi ko‘proq bo‘ladi va pensi-onerlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar mehna-tidan foydalanish sohasini toraytirib qo‘yadi, buning ustiga ular kamha-rakatchanlik bilan ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo‘yicha qayta taqsimlash imkoniyatini pasaytiradi.


Katta yoshdagi xodimlar mehnat haqining qaror topgan darajasiga ko‘-nikibroq qaraydilar va hatto noqulay iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli ish haqining pasayishiga ham qarshilik qilmaydilar. Shu bilan birga aksa-riyat korxona va muassasalarning ma’muriyati mehnat jamoalarini saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lib, yoshlarni ishga qabul qilishga unchalik moyil bo‘lmaydilar. Shuning uchun ko‘pincha mehnat jamoalarining qarib qolishi yuz beradi. Katta yoshdagi xodimlar ishdan bo‘shatilmaydi, shuningdek, kamroq malaka talab qiladigan mehnatning yuqori darajasi saqlab qolinadi. Bu hol hozircha O‘zbekistonda mavjud mehnat bozoriga xos bo‘lib turgan xususiyat-lardan biridir. Pensiya yoshi arafasidagi va pensiya yoshidagi kishilarning ma’lumot darajasi, yuqorida aytganimizdek, birmuncha pastroq bo‘ladi. Ular ko‘p hollarda kam malaka talab qiladigan, aholining boshqa guruhlari uchun unchalik nufuzli bo‘lmagan ishlarni bajarib turadilar.


Bularning hammasi katta yoshdagi kishilarning ish bilan bandligini ishchi kuchi yetishmagan yillarda qaror topgan an’ananing saqlanishiga ko‘mak­ lashadi. Katta yoshdagi kishilar guruhi mehnatiga talab kelgusida qanday bo‘lishiga kelsak, bu hol iqtisodiyotni rivojlantirish va mehnat bozorini shakllantirishning tanlangan variantlariga bog‘liq. Bordi-yu, ishchi kuchiga bo‘lgan umumiy talabning qisqarishi natijasida iqtisodiyotning ahvoli yomonlashadigan bo‘lsa, u holda katta yoshdagi xodimlarning mehnat sohasidan ketishi tezlashadi.

Aholining barcha ijtimoiy-demografik guruhlarining ish bilan band­ ligini aks ettiruvchi eng muhim omil uning harakatchanlik darajasidir. Harakatchanlik umumiy tushuncha bo‘lib, u aholining ijtimoiy maqomi, kasbga mansubligi, yashash joyining o‘zgarishlariga hozirligini aks ettira-di. Bunda hududiy harakatchanlik ishchi kuchi «bozor» holatining eng muhim sifat belgilaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda migratsiya jarayonlari islohotdan avvalgi yillarda ma’lum darajada iqtisodiy rivojlanishning rejalilik omili bilan belgilanib kelingan. Shuning uchun ham ishchi kuchi-ning harakatchanligiga doir yangi sifat darajasining shakllanishi va uning migratsiya jarayonida aniq namoyon bo‘lishini mutaxassislar eng muhim ilmiy va amaliy tizimga kiritadilar.


Iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligi makroiqtisodiyotda juda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholi moddiy boyliklar ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatish hamda iste’mol qiymatlarini yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisidir.


Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy xususiyatlarni hisobga ol-gan tasnifiga ko‘ra, iqtisodiy faol aholi tarkibiga mehnatga yaroqli ish bilan band bo‘lganlar va ishsizlar kiritiladi. Ish bilan bandlik deganda, ishga ega bo‘lgan mehnatga layoqatli aholi tushuniladi (8.3-rasm).


Ish bilan band bo‘lganlarga (har ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta bo‘lgan):


– haq olish uchun to‘la yoki to‘liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shu-ningdek, faoliyat uchun bevosita to‘lov yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad keltiruvchi boshqa ishni mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar;


– turli sabablarga ko‘ra (kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyor-lash va boshqalar) vaqtincha ish joyida yo‘q bo‘lganlar;


– xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turgan-lar kiritiladi.


Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bo‘lgan yoshdagi o‘zlariga bog‘liq bo‘l-magan sabablarga ko‘ra:


– ishga (daromad keltiradigan mashg‘ulotga) ega bo‘lmagan;

– ish izlayotgan va ish bilan bandlikka ko‘maklashish Markazi xizmatida ro‘yxatga olingan;


– ishga tushishga tayyor bo‘lgan shaxslar kiritiladi.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling