12-mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot Reja


-rasm. Ishchi kuchi tuzilmasi (XMT uslubi bo‘yicha)


Download 0.73 Mb.
bet5/5
Sana13.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1455926
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu. Ish bilan bandliknazariya va amaliyot — копия

8.3-rasm. Ishchi kuchi tuzilmasi (XMT uslubi bo‘yicha)

Ish bilan band aholi – ijtimoiy ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan mehnat resurslarining faol qismidir. XMT uslubiyati bo‘yicha unga quyida-gilar kiritiladi:





  1. yollanib ishlayotganlar, shu jumladan, xorijda;




  1. tadbirkorlar;




  1. mehnat daromadiga egalar va talabalar;


    • qisman ish bilan band talabalar va uy bekalari;




    • erkin kasb egalari bo‘lgan shaxslar;




    • harbiy xizmatchilar;




    • oilaning yordam beruvchi a’zolari (bolalarni tarbiyalash, nogironlar va keksa yoshdagi fuqarolarga qarash bilan band bo‘lganlar).

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan ish bilan bandlik tushun-chasiga berilgan ta’rifga ko‘ra, iqtisodiy faol aholini aniqlash uchun bel-gilangan, muayyan qisqa davr mobaynida (bir hafta yoki bir kun) quyidagi toifalarga kiritilgan katta yoshdagi barcha shaxslar ish bilan band bo‘lgan aholi qatoriga qo‘shiladi:


– yollash bo‘yicha ish bilan band bo‘lganlar: 1) «ishlayotgan shaxslar» – hi-sobot davri mobaynida pul yoki natura shaklidagi ish haqi yoki maosh uchun ma’lum ishni bajarayotganlar; 2) «ish joyiga ega bo‘lgan, ammo ishlamayot-ganlar» – hozirgi ish joyida ishlagan, garchi rasman ish joyini saqlab tur-sa-da, hisobot davrida vaqtincha ishlamayotgan shaxslar;


– o‘z korxonasida ish bilan band bo‘lganlar: 1) «ishlayotgan» shaxslar – hi-sobot davri mobaynida pul yoki natura shaklida foyda yoki oilaviy daromad olish maqsadida ma’lum ishni bajarayotganlar; 2) «korxonasi bor, ammo ishla-mayotganlar» – firma, ferma yoki xizmat ko‘rsatish korxonasiga ega bo‘lgan, hi-sobot davri mobaynida u yoki bu sababli vaqtincha ishlamayotgan shaxslar.


Xalqaro standartlarda «ma’lum ish» tushunchasiga kamida bir soat mo-baynida bajariladigan ish, deb aniqlik kiritiladi.


Ishni yollanma va xususiy korxonadagi ish bo‘yicha farqlash bilan aho-lining ish bilan bandligi – bu faqat maosh olish uchun ishlash emas, bal-ki foyda yoki oilaviy daromad olish uchun, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarish ham ekanligini ta’kidlash lozim. Bunday yondashuv aholi ish bilan bandligining har ikki turini belgilashda tegishli atamalarni qo‘llash imkonini beradi. Ta’kidlash lozimki, bunday farqlash ish bilan band aholi maqomini baholash imkonini bermaydi.




Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Aholini ish bilan ta’minlashning tasnifi
2. Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy

turlari va shakllari


3. Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlar
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling