12-Mavzu Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


Download 0.57 Mb.
bet7/13
Sana21.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1376451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Mavzu 8

Do‘stona munosabat. Erishilgan hamkorlikni do‘stona munosabatda olib borish. Doim ishonchni oqlash, hamkor oldida e’tiborda qolishga harakat qilish.
O‘quv kurslarida qatnashish. Olib borayotgan faoliyatga ko‘ra muammolar mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tinglash.
Kitoblar mutolaa qilish. Bilim va ko‘nikmalarni takomillash­tirish zarurati bo‘lganda muammolar bo‘yicha kitoblarni tanlash. Faoliyatga oid o‘quv qo‘llanmalardan doimiy foydalanish.
Hamma erkaklar va ayollar ham o‘z ishlarini boshlay ololmaydilar. Bunga qat’iy ishonch bo‘lmasa, balki muqobil variantlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. O‘z ishini boshlashdan oldin kerakli bo‘lgan axborotni yig‘ish va reja tuzish lozim. Bularni amalga oshirishdan maqsad biznes daromadli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi va bu ish tavakkal qilishga arziydimi-yo‘qmi aniqlashdir. CHuqur o‘ylab ko‘rmasdan rejala­shtirish va ishni ochishga puxta tayyorgarlik ko‘rmaslik ish boshlayotgan biznesmenlar orasidagi muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sababidir. Boshla­nadigan har qanday ishni texnik iqtisodiy asoslash lozim. Tadbirkor tomonidan tanlangan g‘oyalarni va ish yuzasidan yig‘ilgan ma’lumotlarning birlashtiri­lishiga texnik-iqtisodiy asoslash deb aytiladi. Texnik-iqtisodiy asoslash (biznes rejalashtirish) quyidagilar bo‘yicha yordam beradi:



12.6. Texnik-iqtisodiy asoslash (biznes rejalashti­rish) ­ning mundarijasi.

Texnik-iqtisodiy asoslash (biznesni rejalashtirish) tanlangan ishning barcha ko‘rib chiqilishi talab etiladigan asosiy tomonlarni qamrab olishi kerak. G‘oyani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish davomida biror narsani esdan chiqarmaslik uchun doimo texnik-iqtisodiy asoslashga rioya qilish lozim, bu o‘rinda u etakchi qo‘llanmadir. Barcha bo‘limlar o‘rganib chiqilgandan so‘ng, texnik-iqtisodiy asoslashni tuzib chiqish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, ya’ni biznes g‘oya rejalashtiriladi.


Umumiy qism. Umumiy qismda g‘oyaning qisqacha tavsifi va texnik-iqtisodiy asoslashning boshqa bo‘limlaridagi ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltiriladi. Boshqa barcha bo‘limlar umumiy qismning tayyor qilinishiga qadar to‘ldiriladi. Umumiy qism aniq va ixcham tuzilishi muhim. CHunki, ushbu asosda uni o‘qigan odamda ishning g‘oyasi to‘g‘risidagi birinchi taassurot shakllanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling