12-Mavzu Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni


Download 0.57 Mb.
bet9/13
Sana21.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1376451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu 8

YUridik mas’uliyat. Ishni olib borish jarayonida yuridik mas’uliyatga ega bo‘linadi. Bu ko‘nikma hosil bo‘lishi, biznesga qaysi yuridik me’yorlar ta’sir qilishi mumkinligini, qanday qilib biznesni sug‘urtalash turli xil tavakkallardan moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashi mumkinligini tushunishga yordam beradi.
Ish boshlash uchun lozim bo‘lgan mablag‘. Ishni ochish uchun zarur bo‘lgan pul – ish boshlash uchun lozim bo‘lgan kapitaldir. Pul – asbob-uskuna, xomashyo sotib olishga, ijara va ish haqini to‘lash va h.k. uchun kerak. Biznesni to‘g‘ri rejalashtirish jarayoni ish boshlash uchun lozim bo‘lgan kapital miqdorini aniqlashga yordam beradi.
Ish boshlash uchun lozim bo‘lgan mablag‘ manbalari. Ish boshlash uchun lozim bo‘lgan kapital miqdori aniqlangandan keyin uni olish yo‘llari aniq bo‘lishi kerak. Mazkur qo‘llanmada qanday qilib ish boshlash uchun lozim bo‘lgan kapitalni shaxsiy mablag‘, nasiyalar (kreditlar), lizing yoki grantlar orqali olish mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.
Narx kalkulatsiyasi. Mahsulot va xizmatlarga to‘g‘ri narx belgilash hamda texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun, ushbu maxsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun sarflangan xarajatlarni hisoblab chiqish kerak.
Hisob-kitob ishlarini olib borish va moli­yaviy rejalashtirish Har qanday biznesda hisob-kitob ishlarini olib borish va moliyaviy rejalashtirish talab etiladi. Biznes rejaning moliyaviy bo‘lim ishiga to‘g‘ri keladigan hisob yuritish turini tanlash foyda va naqd pul massasi harakatini rejalashtirishga yordam beradi.
Biznesni texnik iqtisodiy asoslash uchun ma’lumot­larni qaerdan topish mumkinq Texnik-iqtisodiy asoslashni tuzish uchun katta hajmdagi ma’lumot va axborotlarni yig‘ish hamda baholash va hisob-kitob ishlarini amalga oshirish lozim. Ma’lumotlarning bir qismini tadbirkorning o‘zi topishi mumkin. Lekin, ba’zi vaqtlarda, texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash jarayonida mutaxassis yordami kerak bo‘ladi, chunki har bir ishni kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishi yo‘naltirib turishi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishda yordam olish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxati:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling