12-mavzu. Klinkerni tuyish va portlandsement olish


-rasm. Separator tegirmon qurilmasining sxemasi


Download 92.57 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi92.57 Kb.
#1800646
1   2   3
Bog'liq
Sement olish

13-rasm. Separator tegirmon qurilmasining sxemasi.
1-tarozili lentali dozator, 2-qabul qilgich voronka, 3-solinaligan qopqok, 4-baraban, 5
elevator, 6-separator, 7-aerotarnov, 8-truboprovod, 9-siklon, 10-engli filtrlar
2. Portlandsement dispersligining uning xossa va xususiyatlariga ta’siri
Portlandsementning ko‘p xossalari, shuningdek, uning aktivligi, qotish tezligi va boshqalari faqat klinkerning kimyoviy, mineralogik tarkibi, alit va belit kristallarining shakli va o‘lchamlari, u yoki bu qo‘shilmalarning mavjudligidan tashqari, ko‘p darajada mahsulotning mayin tuyilishiga, uning donadorlik tarkibiga va kukun zarrachalarining shakliga bog‘liq.
Sement kukuni o‘lchamlari asosan 5…10 mkm dan 30…40 mkm gacha bo‘ladi.
Sementlarning solishtirma sirti ortgan sari uning mustahkamligi va qotish tezligi ortadi, chunki zarrachalarning aktiv sathi o‘sadi. Ammo bu ko‘rsatkichlar ma’lum disperslik darajagacha, ya’ni solishtirma sathi 700…800 m2/kg bo‘lguncha ortadi. Bu chegaradan so‘ng qotgan sementtoshning mustahkamlik ko‘rsatkichlari odatda yomonlashadi. SHuning uchun sementni ma’lum darajagacha (700…800 m2/kg) tuyish va sinovlar bilan nihoyatda mayda tuyishning sement fizik-mexanik xossalariga ta’sirini tekshirib ko‘rish zarur. Sovuqqa chidamliligi esa bundan ham past solishtirma sathga (400… 500 m2/kg) ega bo‘lganda juda yomonlashib ketadi. Sement kukunning turli o‘lchamdagi zarralari sement mustahkamligiga va qotish tezligiga (sement qotayotganida) turlicha ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun sementlarni xarakterlashda faqat uning solishtirma sirtiga emas, balki uning donadorlik tarkibiga ham e’tibor berish kerak
Ba’zi olimlar esa klinkerlarni o‘ta darajada kukunlashtirishni tavsiya qilmaydilar chunki o‘lchamlari 1…3 va hatto 5 mkm bo‘lgan zarrachalar havo nami bilan tez va qisqa vaqt ichida gidratlanadi va materialning aktivligi pasayadi yoki bunday o‘ta dispers zarrachalar suv bilan qorilganda juda tez gidratlanadi va keyinchalik sementning qotishida ishtiroq etmaydi degan fikrni bildiradilar.



Download 92.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling