12-mavzu. Klinkerni tuyish va portlandsement olish


Download 92.57 Kb.
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi92.57 Kb.
#1800646
1   2   3
Bog'liq
Sement olish

3. Tuyish usullari
Hozirda portlandsement qanchalik mayda tuyilganini aniqlashning ikki usuli bor:
1) ikkita elakda elash: yuqorigisi 02 nomerli, pastkisi 008 nomerli;
2) sement donalari solishtirma sirti o‘lchanadi (m2/kg hisobida).
Odatda, portlandsementning qanchalik mayda tuyilgani 02 nomerli elakdan elanishi va 008 nomerli elakda 5…8% qoldiq qolishiga qarab aniqlanadi. Shunda sementning solishtirma sirti 250…300 m2/kg ga to‘g‘ri keladi.
A malda kukunlashning ikki xil sxemasi ishlatiladi: ochiq sikl va yopiq sikl. Klinkerni ochiq sikl bo‘yicha tuyayotganda materiallar tegirmondan qo‘shimcha ishlovsiz bevosita tayyor maxsulotlar omboriga yuboriladi, yopiq siklda esa tegirmondan chiqqan materiallar separatorlarda elanadi, sementning yirik donalari qayta tuyishga yuboriladi, maydasi esa tayyor maxsulotlar omboriga jo‘natiladi.
Yopiq sikl bo‘yicha tuyish ancha takomillashtirilgan sxema hisoblanadi. Sementning mayda zarrachalari ajratib olinsa, tegirmoning ish unumi oshadi, chunki mayda zarrachalari maydalovchi jismlarga yopishib qolganda, jismlarning urishish kuchi bo‘shashadi: sementning juda mayda zarrachalari o‘z sirtida havoni adsorbsiyalaydi va maydalovchi jismlar hamda tegirmon devorlarida hosil bo‘lgan o‘ziga xos «yostiq» maydalovchi jismlar zarbi va ishqalash ta’sirini amortizatsiyalaydi. Maydalanayotgan butun massadan mayda donalarni tinimsiz ajratib turish uchun tegirmonga havo yuboriladi. Havoning harakat tezligi tegirmondan ma’lum o‘lchamdagi sement zarrachalari chikadigan qilib belgilanadi. Xuddi shu havo oqimi yordamida sement omboriga (ochik sikl bo‘yicha tuyayotganda) yoki seperatorga (yopiq sikl bo‘yicha tuyayotganda), so‘ngra esa omborga yuboriladi. Uzatilayotgan chang-havo aralashmasidagi sement zarrachalari siklon va filtrlarda tutib qolinadi.
4.To‘yish intensifikatorlari
Bu moddalarni ishlatishda asosiy maqsad juda mayda sement zarrachalarining o‘zaro va maydalovchi jismlarga yopishib qolishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bundan tashqari, ba’zi intensifikator moddalar klinker qattikligini kamaytiradi. Tuyishga yordam beradigan moddalar sifatida antratsit, kuya, sitr-aktiv qo‘shilmlar (sovunnaft, sulfit-spirt bardi (SSB), petrolatum, trietanolamin, Petrov kontakti) va boshqa moddalar ishlatiladi.
Intensifikator moddalar ishlatish sementning tuyilish darajasini saqlagan holda jarayonning kechish muddatini qisqartirish yoki, aksincha, jarayon muddatini saqlagan holda materialni yana maydalab tuyishga imkon beradi.
Bu qo‘shimchalar sement massasining 0,02…0,5% mikdorida qo‘shiladi.
S.M.Royak va boshqa tadqiqotchilarning fikricha trietanolamin va uning SSB bilan 1:1 nisbatidagi aralashmasi (massa bo‘yicha) juda kuchli intensifikator bo‘lib hisoblanadi. Bularni tegirmoning birinchi kamerasiga 0,01…0,03% miqdorda juda mayda zarrachali suvda eritma holida beriladi. Natijada tegirmonlarning unumdorligi 15% ga ortadi.
Intensifikatorlarning tegirmonga solinadigan optimal mikdori uning va kukunlashtiradigan materialning xossasiga, shuningdek, intensifikatorni solish usuliga ham bog‘liq.
Nazorat savollari
1. Klinkerni tuyish jarayonini amalga oщirish , tarkibi va separator tegirmon qurilmasining sxemasi va ishlash prinsipini tushuntiring?
2. Portlandsement dispersligining uning xossa va xususiyatlariga ta’siri qanday?
3. Tuyish usullari necha xil bo‘ladi ?
4.To‘yish intensifikatorlari va borasida Respublikamizda qanday ishar amalga oshirilmoqda?
Download 92.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling