12-mavzu. Klinkerni tuyish va portlandsement olish
Download 92.57 Kb.
|
Sement olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- 1. Klinkerni tuyish jarayonini amalga oshirish va tarkibi
12-mavzu. Klinkerni tuyish va portlandsement olish Reja: 1. Klinkerni tuyish jarayonini amalga oщirish , tarkibi va separator tegirmon qurilmasining sxemasi 2. Portlandsement dispersligining uning xossa va xususiyatlariga ta’siri 3. Tuyish usullari 4.To‘yish intensifikatorlari Darsning maqsadi: Klinkern i tuyish jarayonini amalga oshirishda tegirmon qurilmasining ishlash prinsipi va tuyish usullari xaqida tushuncha berish Glossariy Gidravlik qo‘shilmalar - ko‘pi g‘ovak, tabiiy sharoitlarda juda nam bo‘lgan materiallar Gipstosh-gipsli qo‘shilma ikki molekula suvli gips Intensifikator moddalar -sementning tuyilish darajasini saqlagan holda jarayonning kechish muddatini qisqartirish yoki, jarayon muddatini saqlagan holda materialni yana maydalab tuyishga imkon beradi. 1. Klinkerni tuyish jarayonini amalga oshirish va tarkibi Portlandsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo aralashmasini kuydirishniig o‘zi kifoya emas. Klinker-bu yarim fabrikat hisoblanadi. Muayyan texnik xossalarga ega bo‘lgan portlandsement olish uchun klinkerni tuyish, unga gips va aktiv mineral qo‘shilmalar qo‘shish kerak. Gidravlik qo‘shilmalarning ko‘pi g‘ovak,tabiiy sharoitlarda juda nam materiallar bo‘ladi. Nam qo‘shilmalar ishlatish esa mumkin emas, chunki sement maydalanayotgan jinslarga va tegirmon devorlariga yopishib qoladi, ya’ni yaxshi tuyilmaydi. Bundan tashqari, qo‘shilmalar tarkibidagi ozgina namdan sement gidratlanib, zichlanib, bosilib qoladi. Shuning uchun qo‘shilmalar tuyib quritiladi. Gipsli qo‘shilma sifatida ikki molekula suvli gips, ya’ni gipstosh ishlatiladi. Gipstosh zavodga odatda, yirik bo‘laklar holida olib kelinadi. Gipstosh jag‘li maydalagichlarida maydalaniladi, u odatda quritilmaydi. Bu qo‘shilmadan (ko‘pi bilan 2…3%) qo‘shiladi. Uning umumiy namligi aralashmaga unchalik katta ta’sir qilmaydi. Hamma qo‘shilmalar va klinker odatda birga tuyiladi. Shuni aytish kerakki, tayyorlangan klinker qanchalik mayda tuyilsa, portlandsement aktivligi shunchalik yuqori bo‘ladi, u dastlabki muddatlarda tezroq qotadi. Beton va temir-beton buyumlar ishlab chiqarishda bu juda katta ahamiyatga ega. Biroq tuyish jarayonining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ya’ni tuyish uchun elektr energiyaning ko‘p miqdorda sarf bo‘lishi va tegirmon ish unumining kamayib ketishini ham hisobga olish kerak. Umuman portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasida tuyish eng ko‘p energiya sarflanadigan operatsiyadan biri hisoblanadi. Shar tegirmonda maydalangan 1t portlandsement uchun soatiga 30 kVt va undan ortiq elektr energiyasi sarflanadi (13- va 14-rasmlar). Shuning uchun zavodlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatikichlariga ko‘ra, 008 nomerli elakda 5…8% gacha qoldik qoladigan qilib tuyilgan portlandsement, 2…4% va undan kam qoldiqli tez qotuvchan sement ishlab chikaradi. Bu holda sementlarning solishtirma sirti tegishlicha 300…350 m2/kg va 400…450 m2/kg ga etadi. Tegirmonda sharlar xarakatining sxemasi Hozirgi vaqtda tuyish jarayoni texnikasini yaxshilash, ya’ni nisbatan unumli va tejamli apparatlar va texnologik sxemalar ishlatish, shuningdek, maxsus qo‘shilmalar (yaxshi tuydiradigan moddalar) ishlatish bilan materialning mayda tuyilishiga erishilmoqda. Mavjud shar tegirmonlar konstruksiyasi takomillashtirilib, yangi unumli va tejamliroq agregatlar yaratilmoqda. Download 92.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling