Referati mavzu: Qurilishda qo`llaniladigan keramik materiallar va buyumlar ilmiy rahbar
Download 259.77 Kb.
|
Qurilishda qo`llaniladigan keramik materiallar va buyumlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Qurilishda qo`llaniladigan keramik materiallar va buyumlar ILMIY RAHBAR: _____________
- XULOSA KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI _________________________________________ UNIVERSITETI _____________________________________________ FAKULTETI ____________________________________GURUH TALABASI _________________________________________NING REFERATI MAVZU: Qurilishda qo`llaniladigan keramik materiallar va buyumlar ILMIY RAHBAR: _____________ _________________-2023 R E J A KIRISH ASOSIY XISM 1. Keramik materiallar va buyumlar. 2. Keramik buyumlar ishlab chiqarishning umumiy tizimi 3. Keramik buyumlarning xossalari XULOSA KIRISH Keramik materiallar va buyumlar turli o’lcham, shakl va xossalarga ega bo’ladi, lekin ularni ishlab chiqarish texnologiyasi taxminan bir xil bo’ladi va xom-ashyo materiallarini qazib olish, xom-ashyo massasini tayyorlash, xom ashyoni qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish xamda omborda saqlashni o’z ichiga oladi. Gil qazib olish. Keramik materiallar va buyumlarni ishlab chikarish uchun gil, odatda, bevosita zavod yaqinida joylashgan kargerlardan ekskavatorlar va boshqa mashina xamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Zavodga gil kuzovik ag’dariladigan vagonchalarda, avtosamosvallarda, tasmali transporterlarda, telejkali traktorlardatashiladi. Xom ashyo massasini tayyorlash. Kargerdan qazib olingan va zavodga tashib keltirilgan gil tabiiy xolatdan ko’pincha buyumlar qoliplash uchun yaroqsiz bo’ladi va tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash. Yirik aralashmalarni maydalash, gilga qo’shimchalar aralashtirish, shuningdek, qulay koliplanadigan massa xosil qilish uchun uni namlash kerak. Xom ashyo aralashmasi yarim quruq, plastik yoki xo’l (shliker) usullarida tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining xossalariga, keramik massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga, shuningdek, ularning o’lchamlari va vazifasiga bog’liq. Yarim quruq usulda xom-ashyo materiallari quritiladi, bo’laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil, odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin tuyish mashinasida, dizentegratorlar yoki sharli tegirmonlarda parchalanadi va maydalanadi, quraqli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Presslanadigan uqinning namligi 9-11%. Presslanadigan kukun kerakli namlikka ega bo’lguncha suv yoki bug’ bilan namlanadi. Yarim quruq presslab tayyorlangan qurilish g’ishti, pol plitkalari, qoplama plitka va boshqalar tayyorlashda xom-ashyo aralashma tayyorlashning yarim quruq usulidan foydalaniladi. Download 259.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling