12-mavzu. Kristallokimyoviy tuzilishning sinflanishi Kristall strukturasi va struktura xillari


Download 360.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi360.82 Kb.
#1054182
  1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu. Kristallokimyoviy tuzilishning sinflanishi.docx



12-mavzu. Kristallokimyoviy tuzilishning sinflanishi 
Kristall strukturasi va struktura xillari. Kristallar uchun atomlarning joylashishini 
davriy qaytarilishi xosdir. Ularning joylashish davriy qaytarilish, kristallning har xil yo‘nalishida 
o‘zgacha bo‘ladi. Bir tekislikda yotmaydigan 3-ta qaytariladigan vektorlar yordamida bir xil 
elementar katakchalaridan iborat bo‘lgan fazoviy panjara qurish mumkin bo‘ladi. Elementar 
katakchada atomlar bir xil joylashgan bo‘ladi. Bunday elementar katakchalarni har bitta modda 
uchun hohlagancha tanlash mumkin bo‘ladi. Ular qaytariladigan (povtoryaemost) vektorlari 
kattaligi va yo‘nalishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. 
Uchta toza metallning oddiy strukturasi (tuzilishi). Rentgenstrukturaviy analiz usuli 
bilan birinchilar qatorida aniqlanish strukturasi – bu mis (Su)ni strukturasi edi. Tadqiqot natijasida 
misni strukturasi tomonlari markazlashgan kub holatidagi panjaradan iborat ekan.
Uchinchi ahamiyatli struktura – bu magniy (Mg)ni strukturasi (rasm). Katakchani shakli – 
geksagonal: a=3,20A˚, c=5,20A˚. Har bir katakchaga 6-ta magniy atomi to‘g‘ri keladi: shundan 3-
tasi katakchaning tepa va yon tomonlariga va 3-tasi 3 ta trigonal (6-tadan) prizmalarning 
markaziga joylashadi. 
Magniy strukturasi a-to‘liq geksagonal katakcha; 
b- primitiv katakcha 
 
Koordinatsion son va koordinatsion ko‘p qirrali (ko‘p tomonli). Har qanday atomning 
koordinitsion soni- uni yaqinida joylashgan va teskari belgiga ega bo‘lgan ionlar soniga teng 
bo‘ladi. Agar shu atom yoki ion atrofida turgan atomlarni (ionlarni) to‘g‘ri chiziq orqali 
tutashtirilsa, unda ko‘p qirrali (ko‘p tomonli) geometrik shakl hosil bo‘ladi. Bunday shakllarni 
koordinatsion ko‘p qirralik deb ataladi. Koordinatsion sonini topilishi kerak bo‘lgan atom (yoki 
ion) shu ko‘p qirralik o‘rtasida joylashadi. Masalan ZnS (sfalerit)da Zn-ni koordinatsion son (n) 
4ga teng, xuddi shunday S-niki ham n=4. Koordinatsion ko‘p qirralik shakl-tetraedr bo‘ladi. 
Olmosda n=4 va uglerod (S) atomi ko‘p qirralik shakli tetraedrga to‘g‘ri keladi. NaCl- 
strukturasida Na
+
va Cl
ˉ 
ionli koordinatsion soni 6 ga teng. Har bir ion atrofida 6 ta teskari belgili 
ion oktaedr shaklida joylashadi. NiAs strukturasida ham har bir element atomlari koordinatsion 
soni 6ga teng. Lekin Ni ni n=6ga teng va uni koordinatsion ko‘p qirrali oktaedr bo‘lsa As 
koordinitsion ko‘p qirraligi shakli trigonal prizmadir. 
CsCl da har bir ioni n=8 teng, koordinatsion ko‘p qirrali shakli 8 burchakli kub. Xuddi shu 
struktura α-Fega ham to‘g‘ri keladi. Mis strukturasi har bir Cu atomi 12 ta yaqin atomlar bilan 
o‘ralgan (n=12) va hosil bo‘lgan geometrik shakl – kubooktaedr bo‘ladi. Grafit va barnitridlar 
(VN) da n=3 va har bir atom teng tomonli uchburchakli markazida bo‘ladi. 

Download 360.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling