12-mavzu. Kristallokimyoviy tuzilishning sinflanishi Kristall strukturasi va struktura xillari


Kristalldagi kimyoviy bog‘larning xillari


Download 360.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi360.82 Kb.
#1054182
1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu. Kristallokimyoviy tuzilishning sinflanishi.docx

Kristalldagi kimyoviy bog‘larning xillari.
Zarrachalarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha kristall panjaralari quyidagicha klassifikatsiya 
qilinadi: ionli, atomli, metalli va molekulali. 
1. 
Ionli panjaralarda tugunlar (uzli) ionlardan tashkil topgan bo‘lib, qarama-qarshi 
belgili ionlar bir-biri bilan tartib bilan joylashadi.
2. 
Atomli panjaralarda zarrachalar (atomlar) o‘zaro kovalent yoki metall bog‘lari 
orqali bog‘langan bo‘ladi. Atom-kovalent panjaraga olmos misol bo‘la oladi.
3. 
Metall va uning qotishmalari atom-metall panjaralari kristallarni hosil qiladi. 
Metallarning alohida xossalari (issiqlik o‘tkazish, elektr o‘tkazish) shuni ko‘rsatadiki, 
metallarda atomlar o‘rtasidagi bog‘lar boshqa bog‘lardan keskin farq qiladi. Buni tushuntirish 
uchun “erkin elektronlar” nazariyasi yaratilgan. Bu nazariyaga asosan metallar musbat 
zaryadlangan ionlar yig‘indisidan iborat (tashqi valent elektronlari umumlashgan atomlar) bo‘lib, 
ular orasida elektronlar (elektron oqimi) bemalol harakatlanadi. Elektron oqimi harakati “elektron 
gazi” qonuniga bo‘ysunadi. 
4. 
Molekular kristallarning panjaralarini tugunlarida molekulalar joylashgan bo‘ladi. 
Kristallda molekulalar o‘zaro molekalalararo ta’sir kuchlari bilan bog‘langan bo‘ladi. 
Ionli, atom–kovalent, atom-metall va molekular kristallarda kimyoviy bog‘lari har xil 
bo‘lishi sababli ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari bir-birlaridan keskin farq qiladi. Masalan, 
atom-kovalent panjarali moddalar yuqori suqlanish temperaturaga ega bo‘ladi. Molekulalararo 
bog‘lar kuchsiz (slabiy) bo‘lgani uchun ular (Ne, N
2
, O
2
, O
3
, SO
2
va boshqalar) oson suyuqlanadi 
va unga qattiq (tvyordost) ham emas. 
Kimyoviy bog‘larning xillarini aniqlash 


RSA usuli bilan bir qancha binar moddalar strukturalar aniqlangandan so‘ng ulardagi 
zarrachalarning (atom, ion) razmerlarini bilish masalasi zarurligi tug‘ildi. Atomlarni ma’lum 
radius (r)ga ega bo‘lgan shart deb qarash to‘g‘ri bo‘lardi. RSA usulida kristall panjaralaridan 
atomlarni orasidagi masofani ancha to‘g‘ri aniqlash mumkin. Lekin bu usul har bir atomni alohida-
alohida razmerini ko‘rsata olmaydi. Masalan RSA usuli orqali NaCl da Na
+
—Cl
ˉ 
=2,81 A˚, KCl 
da K
+
-Clˉ=3,14 A˚, NaF da Na
+
-Fˉ=2,3 A˚, KF da K
+
-Fˉ=2,66 A˚. 
Moddalarni struktura xillarini va ulardagi atomlarini orasidagi masofani bilish atomlarni 
razmerlarini aniqlashga yetarli emas. 
Kimyoviy elementlarni atomlari har xil kimyoviy moddalarda har xil elektron holatida 
bo‘lib, ularning razmerlari ham har xil bo‘ladi. Masalan, Na va Cu atomlari razmerlari metall 
holatida va NaCl, CuCl
2
birikmalarida ion holatida bo‘ladi va ularning razmerlari holatiga qarab 
har xil bo‘ladi.
Ayrim moddalarni kristall strukturalarida atomlar orasidagi bog‘lar har xil tabiatga ega 
bo‘lishi mumkin. Bunday strukturalarni geterodesmik struktura deb ataladi (SO
2
). Agar 
strukturadagi hamma atomlar orasidagi ta’sir kuchlari bir xil bo‘lsa bunday strukturalarni 
gomodesmik struktura deb ataladi (NaCl). 

Download 360.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling