12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


Ko’rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatiga qo’shiladigan soliqlar -


Download 67.94 Kb.
bet9/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

1.Ko’rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatiga qo’shiladigan soliqlar - deb O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga asosan hisoblanib, bevosita xo’jalik sub’ektlari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarning sotish baholari ustiga byudjet foydasi uchun qo’shiladigan soliqlarga aytiladi. Bu soliqlarga QQS, bojxona to’lovi misol bo’la oladi.
2. Boshqa operatsion xarajatlar hisobiga olib boriladigan soliqlar – Xo’jalik sub’ektlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan hisoblangan va bevosita boshqa operatsion xarajatlar olib boriladigan soliqlarga aytiladi. Bu soliqlarga mol-mulk solig’i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar misol bo’la oladi
3.Foyda hisobidan to’lanadigan soliqlar: O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan soliq qonunchiligiga asosan hisoblangan va xo’jalik sub’ektlari foydasi hisobidan to’lanadigan soliqlarga aytiladi. Ushbu soliqlar xo’jalik sub’ektlari foydasi hisobidan to’langanligi sababli ularning sof foydasini kamaytiradi. Ushbu soliq turlariga misol qilib daromad (foyda) solig’i, yalpi daromad solig’i, infrotuzilmani rivojlantirish soliqlarini keltirishimiz mumkin. Foyda hisobidan to’lanadigan soliqlarning yana bir xususiyati shundan iboratki ushbu soliqlarni xo’jalik sub’ektlari foydaga ega bo’lsagina to’laydi.
4.Jismoniy shaxslar hisobidan to’lanadigan soliqlar. Ushbu soliqlar xo’jalik sub’ektlari uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan xodimlar daromadidan tegishli soliqlarni belgilangan tartibda ushlanadi va byudjetga o’tkazib beriladi. Bu soliqlarga ishchi va xizmatchilar tamonidan to’lanadigan daromad solig’i va divident solig’i kiradi.
Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalar xo’jalik sub’ektlari xo’jalik faoliyatining muhim ko’rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Soliqlar hamda byujdetdan tashqari fondlarga ajratmalarning to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida o’tkazilishi xo’jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.



Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling