12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


Tovar xarakteridagi hisob-kitoblar


Download 67.94 Kb.
bet2/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

Tovar xarakteridagi hisob-kitoblar deganda tovar-moddiy boyliklarni sotib olish va sotish bilan bog’liq jarayonlarda vujudga keladigan pullik munosabatlar tushuniladi. Bularga ta’minotchilar va xaridorlar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar misol bo’ladi.
Notovar xarakteridagi hisob-kitoblar deganda xo’jalik sub’ektlarining turli jismoniy va yuridik shaxslar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha vujudga keladigan pullik munosabatlari tushuniladi.
To’lovni amalga oshirish turiga ko’ra barcha hisob-kitoblar naqd pullik va naqd pulsiz hisob-kitoblarga bo’linadi.
Naqd pullik hisob-kitoblar deganda yuz bergan xo’jalik operatsiyalari uchun to’lovlarni naqd pul to’lash orqali amalga oshirish tushuniladi. Bularga sotilgan tovar-moddiy boyliklar, ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan naqd pulni olish, sotib olingan tovar-moddiy boyliklar, ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun ta’minotchilar va pudratchilarga naqd pulni to’lash, ishchi va xizmatchilarga ish haqi va boshqa qarzlarni naqd pul bilan to’lash, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni naqd pulga amalga oshirish misol bo’ladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda yuz bergan xo’jalik operatsiyalari uchun to’lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish tushuniladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarga to’lovlarni bank muassasalarida ochilgan pullik schyotlar orqali, shuningdek korporativ va shaxsiy plastik kartochkalar orqali amalga oshirish misol bo’ladi.
Xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi natijasida debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) vujudga keladi.
O’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishi natijasida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning hosil bo’lgan qarzlari debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) deb ataladi. Bularga, aktivlarni sotish, xizmatlarni ko’rsatish, ishlarni bajarish natijasida vujudga keladigan xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari, ta’minotchilarga, byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli fondlarga o’tkazilgan xodimlarga ish haqi hisobidan yoki xizmat safari xarajatlari uchun berilgan bo’naklar, xodimlarning yetkazgan zararlari, yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan qarzlar va boshqa shu kabilar misol bo’ladi.
O’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishi natijasida xo’jalik sub’ektlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning oldida hosil bo’lgan qarzlari majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) deb ataladi. Bularga moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib olinishi, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun ta’minotchilar oldida vujudga keladigan qarzlar, hamda xizmat ko’rsatish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olingan bo’naklar, xodimlarga ish haqi yoki xizmat safari uchun to’lovlar, byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli fondlar oldigi qarzlar, olingan kreditlar va boshqa shu kabilar misol bo’ladi,

Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling