12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari
Download 67.94 Kb.
|
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.
Kelib tushish ehtimoliga ko’ra olinadigan schyotlar kelib tushushi dargumon va kelib tushishi shubhasiz bo’lgan debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) bo’linadi.
Dargumon debitorlik qarzlar deganda, odatda, inqirozga uchragan, faoliyatini to’xtatib qo’ygan yoki umuman yopilib ketgan, katta miqdorda kreditorlik qarzlarga ega bo’lgan, to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan, faoliyati uchun sud va prokuratura organlari oldida javob berayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning turistik korxona oldidagi qarzlari tushuniladi. Dargumon qarzlar sud organlari orqali undiriladi, undirish imkoniyati bo’lmaganda turistik korxona ning zarariga olib boriladi. Xo’jalik sub’ektlarida debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar)ning va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) hisobining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar)ni asosli tan olish va real baholash; debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar)ning va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar)ning vujudga kelishi va qoplanishini o’z vaqtida tegishli hujjatlar bilan to’g’ri rasmiylashtirish; debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar)ni mazmuni, xarakteri va boshqa belgilari bo’yicha ular uchun ko’zda tutilgan schyotlarda aks ettirish; debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar)ning va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) holati va harakati ustidan doimiy nazoratni olib borish; debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar)ning o’z vaqtida o’ndirish va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar)ni o’z vaqtida uzish, to’lov muddatini o’tib ketmasligi ustidan doimiy nazorat qilish; Voz kechilgan va da’vo muddatlari o’tib ketgan debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar)ni o’z vaqtida va to’g’ri korxona xarajatlariga hamda majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar)ni o’z vaqtida va to’g’ri korxona daromadlariga olinishini nazorat qilish; debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) bo’yicha foizlarni to’g’ri hisoblash va korxona daromadlari yoki xarajatlariga o’z vaqtida kiritib borish; debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) bo’yicha hisobotlarni to’g’ri va o’z vaqtida tegishli organlarga yetqazish va boshqalar. Download 67.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling