12-mavzu. Majburiyatlar hisobi. Reja: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda hisob-kitoblarning tasnifi, tafsifi hamda hisobining vazifalari


Debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar)


Download 67.94 Kb.
bet3/20
Sana17.06.2023
Hajmi67.94 Kb.
#1546664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
12-mavzu. Majburiyatlar hisobi.

Debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) turli belgilariga ko’ra tasniflanadi.
Hisobot davrlariga ko’ra debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq) bo’lishi mumkin.
To’lov muddatiga ko’ra debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) to’lov muddati o’tmagan va to’lov muddati o’tib ketgan qarzlarga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan tartibga asosan 90 kungacha olinmagan va to’lanmagan schyotlar muddati o’tmagan debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar), 90 kundan ortiq muddatda olinmagan va to’lanmagan schyotlar to’lov muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) bo’lib hisoblanadi. Respublikamiz qonunlariga muvofiq 90 kundan to’lov muddati oshib ketgan debitorlik qarzlariga yo’l qo’yganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari va bosh hisobchilari ma’muriy va moliyaviy ja’zoga tortiladi.
Da’vo muddatiga ko’ra debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) da’vo muddati o’tib ketmagan va da’vo muddati o’tib ketgan qarzlarga bo’linadi. To’lov muddati 3 yildan oshmagan debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) da’vo muddati o’tmagan qarzlar, to’lov muddati 3 yildan oshib ketgan debitorlik qarzlar (olinadigan schyotlar) va majburiyatlar (to’lanadigan schyotlar) esa da’vo muddati o’tib ketgan qarzlar bo’lib hisoblanadi. Soliq to’lovlari bo’yicha to’lov muddati 5 yildan oshmagan qarzlar da’vo muddati o’tmagan qarzlar, to’lov muddati 5 yildan oshib ketgan qarzlar esa da’vo muddati o’tib ketgan qarzlar bo’lib hisoblanadi. Respublikamiz qonunlariga muvofiq da’vo muddati o’tib ketgan qarzlar balansdan chiqarilishi, da’vo muddati o’tib ketmagan qarzlar asossiz balansdan chiqarilmasligi lozim.

Download 67.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling