12-Mavzu: Mantiqiy masalalar va boshqotirma masalalar. Reja: Mantiqiy masalalar Boshqotirma masalalar Kalit so’zlar


Download 43.66 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1594835
1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu. Mantiqiy masalalar va boshqotirma masalalar.

1-masala. Akrom do`stlarini tug`ilgan kuniga taklif etdi. 
Mehmonlardan Laziz Mahmuddan oldin, Vali Zokirdan keyin, 
Mahmud Zokirdan oldin, Salim Validan keyin tabriklagani kelishdi. 
Mehmonlar qanday tartibda kelishgan? 
Yechish: Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “oldin 
kelish chizig`ini” ifodalaydi. O`quvchilar bilan bolalarni to`g`ri 
chiziqda ularning bosh harflari ko`rsatilgan nuqtalar bilanhamda 
ulardan oldin kelganini to`g`ri chiziqda chaproqda, keyin kelganni esa 
to`g`ri chiziqda o`ngroqda belgilashga kelishib olamiz. So`ngra 
masalaning har bir shartini to`g`ri chiziqda belgilaymiz: 
- Laziz Mahmuddan oldin kelgan, 
demak L nuqta M nuqtadan 
chapda joylashadi. 
- Mahmud Zokirdan oldin kelgan, demak M nuqta Z nuqtadan chapda 
joylashadi. 
- Agar Vali Zokirdan keyin kelgan bo`lsa, u holda Zokir Validan 
oldin kelgan bo`ladi, ya’ni V nuqta Z nuqtadan chapda joylashadi. 
- Agar Salim Validan keyin kelgan bo`lsa, u holda Vali Salimdan 
oldin kelgan bo`ladi, ya’ni V nuqta S nuqtadan chapda joylashadi. 
To`g`ri chiziqda nuqtalarning joylashishidan bolalar quyidagi: 
Laziz, 
Mahmud, 
Zokir, 
Vali, 
Salim 
ketma-ketligida mehmondorchilikka kelishganligini aniqlaymiz. 
2-masala. Sinfda o`tkazilgan shashka musobaqasida Ahmad, Botir, Vali va Sohib ishtirok etdi. Ahmad birinchi o`rinni ham, oxirgi o`rinni ham egallamaganligi, Sohib ikkinchi o`rinni egallaganligi, Botir esa birinchi o`rinni egallamaganligi ma’lum bo`lsa, ishtirokchi bolalarning har biri qaysi o`rinni egallagan?
Yechish. a) Bu turdagi masalalarni yechishning dastlabki
bosqichida o`quvchilarda xulosalar zanjirini qurish ko`nikmalarini tarkib toptirishning quyidagi uslubini qo`llash samaralidir: o`qituvchi 
tomonidan masala shartida berilgan bog`lanishlar alohida-alohida 
xulosalar zanjiri sifatida ifodalangan kartochkalar tuzilib, har bir 
o`quvchiga tarqatiladi va ular ochiq qoldirilgan joylarni to`ldiradilar. 
Masalan, yuqoridagi masalani yechishda o`qituvchi quyidagi 
mulohazalar zanjiri ko`rsatilgan kartochkalarni: “Ahmad birinchi 
o`rinni ham, oxirgi o`rinni ham egallamagan, demak, u ----- o`rinni, 
yoki ----- o`rinni egallashi mumkin. Sohib ----- o`rinni egallagan. U 
holda Ahmad ----- o`rinni egallagan. Botir birinchi o`rinni 
egallamagan bo`lsa, u holda u ----- o`rinni egallagan. Demak Vali -----
o`rinni egallagan” o`quvchilarga tarqatib, ochiq qoldirilgan joylar ular 
tomonidan to`ldirilgach doskada javoblarni muhokama qilish 
maqsadga muvofiqdir. 
Bu topshiriqlar o`quvchilarda masalalarni xulosalar zanjiri qurish yo`li bilan yechish ko`nikmalarini tarkib toptirishga ko`maklashadi, ularda mulohaza yuritishning faqat tarkibi ko`rsatilgan bo`lib, xulosalar esa o`quvchilar tomonidan mustaqil keltirib chiqariladi. 
b) O`quvchilarda to`plam elementlari o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir mantiqiy masalalarni yechishda xulosalar zanjirini qurish ko`nikmalari tarkib toptirilgach, ular bilan bu masalalarni graflar yordamida yechishga o`tish mumkin. 
3-masala.Uch dugona –Aziza, Iroda va Shaxlo turli rangdagi: ko’k, sariq va oq ko’ylaklar kiyib olishgan. Azizaning ko’ylagi oq emas, Irodaniki esa oq ham, sariq ham emas,aytingchi har bir qizchaning ko’ylaklari qanaqa rangda?
4-masala.Bolada bir nеchta nok bor edi. U noklarni ikki opasiga bo’lib bеrishga qaror qildi. U kichik opasiga noklarning yarmini va yana bitta nok bеrdi. Katta opasiga esa qolgan 2 tasini bеrdi. Bolada nеchta nok bor edi?

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling