Kompozitorning so’nggi asari– «Rekviyem» (requem–motam kuyi, orom) cherkovlarda marhumlarning xotirasiga bag’ishlab ijro etilardi. Bu hayot va o‘lim haqidagi, insonning bu dunyodagi qismati haqidagi asar. Uning birinchi ijrosigacha yashash Motsartga nasib etmadi. O’zini buyuk kompozitor Motsartning vorisi deb hisoblagan kishi Lyudvig van Betxoven (1770–1827) edi. U 22 yoshidan boshlab Venada yashadi. Dahshatli kasallik oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay qolgan Betxoven taslim bo’lmadi. U kasallikka qarshi kurashgan yillari ta’sirining qudrat go’zalligi bilan kishilarni hayratga soladigan asarlar yaratdi. «Fantaziya yo‘lida sonata» («Oydin») – kompozitorning baxtsiz muhabbati haqidagi asar. «Qahramonona» simfoniyasi esa XVIII asr oxirida Fransiyada yuz bergan inqilobiy voqealar ruhi bilan yo’g’rilgan. Simfoniya dastlab Bonapartga bag’ishlangan edi. U o’zini imperator deb e’lon qilganidan so’ng kompozitor asarini uning nomi bilan bog’lamadi va «Qahramonnoma» degan yangi nom berdi.
Lyudvig van Betxoven
E’tiboringoz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |