12-mavzu. Marketing muhiti
Download 343.31 Kb. Pdf ko'rish
|
12-мавзу
Tabiiy muhit jamiki landshaft (manzara) va atrof-muhitning ifloslanishi quyidagi holatlarga bog‘liq: xom ashyoni rasional ishlatish darajasi; qayta ishlab chiqarishga imkonsiz tabiiy resurslardan foydalanish miqdori; butunlay yo‘q bo‘lish oldida turgan hayvonlar soni; ozon qatlamining kamayishi va natijada "issiqxona taassuroti" vujudga kelishi. Marketing nuqtai nazaridan hozirgi sharoitda suv, oziq-ovqat, yog‘och, neft, ko‘mir hamda ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondoshuv qo‘llanishi katta ahamiyatga ega. Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari bilan bog‘liq. Ma’lumki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish jarayonlari yildan-yilga yirik investisiyalarni talab Korxona Ichki Mahalliy Fuqarolik guruxharakatlari Kеng jamoatchilik Ommaviy axborot Davlat muassasalari Moliyaviy idoralar yetmoqda. Boshqa (alternativ) yenergiya turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda. Gap quyosh, yadro, shamol va boshqa yenergiya manbalari to‘g‘risida borayotir. Bozor kon’yunkturasi ko‘p tomondan demografik tavsiflar va aholi shakllanishining asosiy tendensiyalari bilan belgilanadi. Ilmiy-texnikaviy muhit bevosita ilmiy texnika taraqqiyoti (ITT) ta’sirida shakllanadi va shuning uchun talab va uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydigan eng muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotining qaror topishi - bu korxona va firmalarning ichki va tashqi muhitlari o‘rtasida muayyan muvofiqlikni yoki bog‘lanishni ta’minlashdir. Marketing tizimi bu bog‘liqlikni o‘rnatishi kerak. Bir tomondan, tashqi muhitning boshqariladigan omillari (iste’molchilar, ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar)ga ta’sir etish orqali, ikkinchi tomondan esa ichki muhitni takomillashtirish (boshqarish va ishlab chiqarish tizimi, marketing-miks elementlari: narx, tovar, siljitish, taqsimlash). Download 343.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling